20:42 / 18.10.2024
43

Viktor Orban: Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” – bu aslida mag‘lubiyat rejasi

Viktor Orban: Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” – bu aslida mag‘lubiyat rejasi
Foto: Reuters
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning fikricha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy taqdim etgan “g‘alaba rejasi” aslida mag‘lubiyat rejasidir. U Vengriya bu rejani amalga oshirishga hissa qo‘shish niyatida emasligini ta’kidladi.

Bugungacha reja sifatida mavjud bo‘lgan narsa aslida mag‘lubiyat rejasi bo‘lib chiqdi. Endi ular buni “g‘alaba rejasi”ga aylantirmoqchi. Men kecha aytdimki, biz unda ishtirok etmayamiz, bu bizning “g‘alaba reja”miz emas. Bizning fikrimizcha bu reja bilan siz g‘alaba qozona olmaysiz, faqat yutqazishingiz mumkin”, dedi Orban.

16 oktyabr kuni Ukraina prezidenti Oliy Radaga o‘z rejasini taqdim etdi. Reja beshta asosiy band va uchta “maxfiy qo‘shimchalarni” o‘z ichiga oladi.

Zelenskiyning fikricha, Ukraina Rossiya bilan mojaro tugashidan oldin NATOga a’zo bo‘lishi kerak. NATO bosh kotibi Mark Ryuttening aytishicha, tashkilot taklif qilingan rejaning barcha jihatlariga ko‘na olmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Viktor Orban: Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” – bu aslida mag‘lubiyat rejasi