55
Rossiya prokuraturasi Telegram'dan Putinning jiyaniga oid ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni talab qildi
Foto: kremlin.ru
Rossiya Bosh prokuraturasi Telegram messenjeri ma’muriyatidan prezident Putinning jiyani ekani aytilayotgan mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Sivilyova haqidagi postlarni o‘chirib tashlashni talab qildi.
Qayd etilishicha, idora «Vatan himoyachilari» jamg‘armasiga ajratilgan o‘nlab milliard budjet pullarining «97 foizi xodimlar maoshiga» sarflanayotgani aytilgan postlarni o‘rganib chiqqan. Bosh prokuratura ushbu xabarlarda «ijtimoiy ahamiyatga ega ishonchsiz ma’lumotlar» keltirilgani sabab ularni o‘chirishni talab qilgan.
Bundan tashqari, idora platformadan oltita Telegram-kanalni o‘chirishni so‘ragan — ularning uchtasi Ukrainaga bog‘liq. Bular «UNIAN» axborot agentligi, jurnalist Yurit Butusov hamda IIV rahbari maslahatchisi Anton Gerashenkoga tegishli kanallardir. Shuningdek, ro‘yxatdan belarus muxolifat kanali Nexta, Ramzan Qodirovga qarshi fikrlar yoziladigan 1ADAT va isroillik harbiy tahlilchi Igal Levinning kanallari ham o‘rin olgan. Mazkur resurslardagi postlar Rossiya Bosh prokuraturasida qanday e’tirozlarni keltirib chiqarganiga aniqlik kiritilmagan. O‘z navbatida Telegram idoraga ma’qul bo‘lmagan kontentni o‘chirishdan bosh tortgan va buning evaziga 4 million rubl miqdorida jarimaga tortilgan.
Anna Sivilyova Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amakivachchasining qizi. Amakisi hokimiyatga kelgunga qadar u Ivanovadagi psixiatriya shifoxonasida shifokor bo‘lib ishlagan, keyin esa Moskvaga ko‘chib o‘tib, tibbiyot qurilmalarini yetkazib berish bilan shug‘ullanishni boshlagan. 2007 yilda Rossiya prezidentining qarindoshi xususiy biznes bilan shug‘ullanishga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan sobiq dengiz ofitseri Sergey Sivilyovga turmushga chiqqan. Shunga qaramay, 2012 yilda er-xotin Yoqutistondagi «Kolmar» ko‘mir kompaniyasini sotib olgan — o‘sha vaqtda uning qiymati 400 million dollarni tashkil etgan.
2018 yilda Sivilyov barcha biznesini rafiqasi nomiga o‘tkazib, Kemerova oblasti gubernatori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, 60 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan savdo markazidagi yong‘indan keyin esa oblast rahbariga aylangan. O‘tgan yillar davomida «Kolmar» kompaniyasi turli usullarda davlatdan 11 milliard rubldan ortiq mablag‘ olgan. Putinning beshinchi prezidentlik muddati boshlanganidan keyin Sivilyov mamlakat energetika vaziriga, uning rafiqasi esa mudofaa vaziri o‘rinbosariga aylandi.
Shuningdek, Sivilyova Putinning topshirig‘iga ko‘ra 2023 yil fevralda tashkil etilgan «Vatan himoyachilari» jamg‘armasini boshqaradi. Ukrainaga qarshi urush ishtirokchilari hamda ularning oila a’zolariga ko‘maklashish tashkilot vazifalari qatoridan o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi