
Britaniyalik sobiq futbolchi Devid Bekhem rafiqasi Viktoriya Bekhem bilan Mayamidan orzusidagi yangi uyni xarid qildi, deb yozmoqda Peopletalk.

Foto: People
Sobiq futbolchi va model Floridada 55,6 million funt sterlingga (taxminan 77 million dollarga) hashamatli villa sotib oldi. Qayd etilishicha, Bekhemlar uy uchun toʻlovni naqd shaklda amalga oshirgan.
Yangi uy Mayami shahrining North By Road deb nomlanuvchi elita rayonida joylashgan. Bu hududda Mett Deymon va Jennifer Lopes kabi yulduzlar yashaydi.

Foto: The Mirror

Foto: The Mirror
Manbalarga koʻra, Bekhem oʻziga tegishli boʻlgan “Inter Mayami” futbol klubiga yaqinroq boʻlish istagidan kelib chiqib, ushbu koʻchmas mulkni xarid qilish boʻyicha sotuvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Mashhurlar e'tiborini tortgan hashamatli uy oʻzining goʻzalligi va qulay joylashuvi bilan ajralib turadi.
Uyning derazalar Kaliforniya koʻrfaziga qaraydi. Xonadon toʻqqizta yotoqxona, toʻrtta hammom, oshpazlar uchun oshxona, shaxsiy kinoteatr, sport zali, spa-salon va basseyndan iborat.

Foto: The Mirror

Foto: The Mirror
Bekhemlar oilasining butun dunyo boʻylab bir nechta koʻchmas mulklarga ega, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, BAA va Evropa davlatlarida turar joylari bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar