18:08 / 26.10.2024
23

Donald Tramp: “Siyosat — juda xavfli biznes”

Donald Tramp: “Siyosat — juda xavfli biznes”
Foto: Reuters
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp siyosatda “hazilona yondashuv” bilan ishlash kerakligini aytdi.

Siyosat bilan shug‘ullanganingizda, unga hech bo‘lmaganda komikdek munosabatda bo‘lishingiz kerak”, dedi Tramp Jo Roganning podkastida.

Shu bilan birga, Trampning fikricha, siyosat juda xavfli biznes.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni “siyosiy qamoqqa olish”ga chaqirgandi.

U Trampning hokimiyat tepasiga kelishining mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida o‘ylashni taklif qildi.

Biz uni qamoqqa olishimiz kerak. Siyosiy qamoqqa olish kerak. Uni yo‘q qilish kerak”, dedi Bayden Nyu Hempshirdagi Demokratik partiyaning tadbirida.

Yevropa ittifoqi esa prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, ushbu g‘alabadan yetkaziladigan zararni hisoblab chiqayotgani ma’lum qilindi.

Yuqori martabali amaldorlar Amerikaning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordami to‘xtatilgan taqdirda, mumkin bo‘lgan tovon puli va Amerika rasmiylari cheklovlarni bekor qilsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish variantlarini tahlil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp: “Siyosat — juda xavfli biznes”