Foto: Reuters
TikTok servisiga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjan Imin Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi. Uning boyligi 49,3 milliard dollarni tashkil etmoqda, deb xabar beradi Reuters nashri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, aktivlar borasida AQSHda davom etayotgan sud mojarolariga qaramay, ByteDance daromadi o‘tgan yili 30 foizga oshib, 110 milliard dollarga yetgan. Bu esa o‘z navbatida Chjanning boyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ikkinchi o‘rinni qadoqlangan suv ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Chjun Shanshan egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Tencent asoschisi Poni Ma yakun yasagan. Sentyabr o‘rtalarida Tencent asoschisi Poni Maning boyligi 43,9 mlrd dollarga yetgani, natijada u mamlakatdagi eng badavlat insonlar reytingida yana birinchi o‘ringa ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Xitoyda milliarderlar soni o‘tgan yilga nisbatan 142 kishiga kamaygan. Hurun nashri boshqaruv raisi Rupert Xugeverfning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil Xitoy fond bozori va iqtisodiyoti uchun eng og‘ir yilga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil fevral oyida Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik biznes-vositachi Bao Fan bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bao Fan China China Renaissance Holdings moliyaviy kompaniyasiga asos solgan bo‘lib, uning mijozlari ro‘yxatiga Tencent, Alibaba va Baidu kabi internet gigantlari ham kiradi. Kompaniya Xitoydagi texnologiya sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi