07:30 / 30.10.2024
47

Erdo‘g‘on: “Turkiya endi o‘zining milliy xavfsizlik masalalarini boshqalar bilan muvofiqlashtirmaydi”

Erdo‘g‘on: “Turkiya endi o‘zining milliy xavfsizlik masalalarini boshqalar bilan muvofiqlashtirmaydi”
Foto: Anadolu
Turkiya endi mamlakat milliy xavfsizligiga oid qarorlar qabul qilishda hech kimdan ruxsat so‘ramaydi va boshqalarning fikri bilan qiziqmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya mamlakati dunyodagi eng yirik dron ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Ilgari bizni qurol bilan ta’minlaganlar biz otgan o‘qlar sonini sanab, vaqti-vaqti bilan hisobot talab qilishardi. Terrorizmga qarshi kurashda doimo to‘siqlarga duch keldik. Hozir o‘zimiz ishlab chiqargan qurollar yordamida barcha muammolarni yengib o‘tamiz. Milliy xavfsizligimiz bilan bog‘liq qadamlarda biz endi hech kimdan ruxsat so‘ramaymiz va boshqalarning fikri bilan qiziqmaymiz”, dedi Erdo‘g‘on.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bu bilan to‘xtab qolmaydi, turli sohalarda “do‘stlarda ishonch, dushmanda qo‘rquv uyg‘otadigan” kuchga ega bo‘lish uchun ish olib boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on: “Turkiya endi o‘zining milliy xavfsizlik masalalarini boshqalar bilan muvofiqlashtirmaydi”