Xitoy Xaynan oroli va Janubiy Xitoy dengizida 50 mlrd dollarlik harbiy obyektlarni qurdi

1 daqiqa o'qish200
Xitoy Xaynan oroli va Janubiy Xitoy dengizida 50 mlrd dollarlik harbiy obyektlarni qurdi
Foto: AP
XXR hukumati Xaynan provinsiyasi va Janubiy Xitoy dengizi orollarida qiymati 50 milliard dollardan oshadigan harbiy obyektlarni qurdi. Bu haqda Pentagon buyurtmasi asosida faoliyat yuritadigan Long Term Strategy Group (LTSG) tadqiqot guruhi xabar berdi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Xaynan va Janubiy Xitoy dengizidagi harbiy obyektlarning umumiy qiymati 50 milliard dollardan oshadi. LTSG‘ning ta’kidlashicha, bu AQSHning Gavayi orollaridagi barcha harbiy obyektlari qiymatidan ham oshadi.

Xususan, Xitoy Xaynandagi «Yulin» harbiy-dengiz bazasi uchun 18 milliard dollar sarflagan — buni AQSH Qurolli kuchlarining Tinch okeanidagi muhim bazasi hisoblanuvchi «Perl-Xarbor—Xikem» bilan solishtirish mumkin. Shuningdek, ushbu hududda ballistik raketalarga ega atom suvosti kemalari uchun baza mavjud. Bundan tashqari, tog‘ yonbag‘ridan qazilgan ulkan g‘orda sun’iy yo‘ldoshlar kuzatuvidan yashiringan suvosti kemalari bo‘lishi mumkin.

Xaynan provinsiyasida qurollanish omborlari ham joylashgan, ayrimlarida hamon qurilish davom etmoqda. Harbiy-dengiz kuchlari obyektlarining butun majmuasi suvosti kemalariga qarshi va zenit raketalarining raketa batareyalari bilan himoyalangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu provinsiyada uchta yirik harbiy aerodrom, jumladan, uzoq masofaga uchishga qodir samolyotlarga ega «Linshuy» aviabazasi ham joylashgan. Orolda 2019 yilda XXR Raketa qo‘shinlarining bazasi qurilgan: u yerda DF-21D kemalarga qarshi raketalari saqlanadi. Shuningdek, orolda razvedka sun’iy yo‘ldoshlari hamda sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlarini uchirishda foydalaniladigan «Venchan» kosmodromi joylashgan.

LTSG‘ning qayd etishicha, Xaynandagi infratuzilmadan tashqari, Xitoy Janubiy Xitoy dengizida 15 milliard dollarlik harbiy obyektlarni qurgan: bu AQSHning Guam orolidagi harbiy bazalaridan ham qimmat demak.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?