Foto: Getty Images
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, KXDRning bir necha ming askari Kursk oblasti tomon bormoqda, ularning bir qismi hozirda manzilda. AQSH Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiyada jami 10 ming nafarga yaqin Shimoliy Koreya askarlari mavjud.
London Qirolli kollejining mudofaa tadqiqotlari bo‘yicha eksperti Marina Mironning qayd etishicha, KXDR harbiylarining RFga yuborilishi — «huquqiy pretsedent» va endi boshqa davlatlar ham Pxenyan kabi Moskva bilan mudofaa hamkorligi to‘g‘risida bitim imzolab, o‘z qo‘shinlarini ushbu mamlakatga yuborishi mumkin.
Myunxendagi Bunderver universiteti huzuridagi Razvedka va xavfsizlikni o‘rganish markazi (CISS) xodimi Verena Jekson mazkur holatni «zamonaviy huquq va hozirgi siyosiy vaziyat uchun burilish nuqta» deb atadi.
«Agar Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya bilan birga bevostida jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan bo‘lsa, bu aynan qanday sodir bo‘layotganini aniqlash zarur. Ular shunday yoki Rossiya bayrog‘i ostida, ruslar formasida urushga jalb etilganmi? Unda o‘ziga xos savol yuzaga keladi: bu holatda Shimoliy Koreya urushayotgan tomon, ya’ni qonuniy nishonmi? KXDR askarlarining harakati kimning hisobiga yoziladi?» — deydi Jekson. Uning ta’kidlashicha, agar Shimoliy Koreya urushayotgan tomon bo‘lsa, eskalatsiya potensiali ulkan.
Avvalroq Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Shimoliy Koreyaning urushdagi ishtiroki «xalqaro huquqni, jumladan, BMT Nizomining eng fundamental tamoyillarini jiddiy buzish bo‘lishi»ni ta’kidlagandi. Bundan tashqari, YEI Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning chuqurlashishini, xususan, «BMT Xavfsizlik Kengashining ko‘plab rezolyutsiyalarini qo‘pol ravishda buzayotgan» qurol-yarog‘ yetkazib berilishini keskin qoralagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi