07:00 / 08.11.2024
27

Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi

Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
Foto: Reuters
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «ekstremistik yo‘nalishdagi» moddalar bo‘yicha qamalgan 31 mahbusni afv etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda «Belta» davlat agentligi xabar berdi.

Afv etilganlarning ikki nafari ayollar bo‘lsa, qolgan 29 nafari erkaklardir. «17 nafarida surunkali kasallik bor, uch nafari nogiron, mahkumlarning 27 nafari bolali, ularning 7 nafari — ko‘p farzandli», — deyiladi xabarda.

Afv etilgan siyosiy mahbuslarning ismlari oshkor etilmadi. «Belta»ning qayd etishicha, mahbuslar «sudlanganlik tamg‘asi olib tashlanmagan holda» ozod etilgan, IIV esa «qonunlarga itoat etishini nazorat qiladi».

So‘nggi oylarda Belarusda bir necha bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukashenko 30 nafar mahbusni afv etgan bo‘lsa, 4 sentyabrda — 30 kishi, 16 sentyabrda yana 37 mahkum ozodlikka chiqdi. Lukashenkoning matbuot xizmati yuqoridagi barcha holatlarda afv etilganlar ismini oshkor etmadi.

Oktyabr oxirlarida Aleksandr Lukashenko belaruslik faol Mariya Kolesnikova afv etish haqida murojaat qilsa, uni afv etish masalasini ko‘rib chiqishga qarshi emasligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi