18:30 / 09.11.2024
27

Pelosi Demokratlarning saylovdagi mag‘lubiyati sababini aytdi

Pelosi Demokratlarning saylovdagi mag‘lubiyati sababini aytdi
Vakillar palatasining sobiq spikeri va Vashingtondagi eng nufuzli siyosatchilardan biri Nensi Pelosi «New York Times» gazetasiga intervyu berdi.

Pelosiga ko‘ra, prezident Jo Bayden saylovdagi poygadan ertaroq chiqib ketganda Demokratik partiya nomzodlarining so‘nggi saylovlardagi natijalari yaxshiroq bo‘lar edi, deydi u.

Saylovlar natijasida demokratlar nafaqat prezidentlik uchun kurashda, balki Kongressning ikkala palatasidagi ustunlikdan ham mahrum bo‘lishdi.

Bayden saylovoldi tashviqotini to‘xtatgach, vitse-prezident Kamala Xarrisni nomzod sifatida ma’qullashga shoshildi. Seshanba kuni esa u respublikachi Donald Trampdan qattiq mag‘lub bo‘ldi. Pelosining so‘zlariga ko‘ra, agar Bayden ertaroq qayta saylanishdan bosh tortganida, boshqa nomzodlar paydo bo‘lishga ulgurgan bo‘lardi.

«Agar prezident iste’foga chiqsa, ochiq praymeriz bo‘lib o‘tishi kutilgan edi», dedi u gazetaga. Bunday holda, bir necha taniqli demokratlar prezidentlik saylovlarida ishtirok etish huquqi uchun kurashadi va Kamala Xarrisning ishtiroki unga ustunlik beradi, deb hisoblaydi Pelosi.

Kaliforniyalik kongressvumenning o‘zi bu hafta Vakillar palatasida 20-muddatga qayta saylangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pelosi Demokratlarning saylovdagi mag‘lubiyati sababini aytdi