17:50 / 11.11.2024
29

Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: Getty Images
Turkiya klubining sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi.

Uchrashuv bosh hakami Meler 2023 yil dekabrida “Anqaraguju” va ”Rizespor” o‘rtasidagi o‘yinda kaltaklangan edi. Ish bo‘yicha to‘rt nafar ayblanuvchi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Turkiyaning “Anqaraguju” klubi sobiq prezidenti Faruk Koja ham qamalganlar orasida bor.

“Rizespor” bilan o‘yinda (1:1) Koja bir necha kishi hamrohligida maydonga yugurib chiqib, hakam Halil Umut Melerni kaltaklagan. Meler jarohatlar sabab kasalxonaga yotishga majbur bo‘ldi. Bu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Turkiya futbol federatsiyasi ushbu hujum tufayli chempionatni ma’lum muddatga to‘xtatdi. Meler yotgan shifoxonaga Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari tashrif buyurgan va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on unga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Kojaga 3 yil, 7 oy-u 22 kunlik qamoq jazosi berildi. Bundan tashqari unga o‘lim bilan tahdid qilganlik va “sportda zo‘ravonlikning oldini olish to‘g‘risida”gi qonunni buzganlik uchun yana 6,5 oy va 5 oy ham qo‘shiladi, ammo oxirgi ikki hukm hozircha kechiktirilgan.

Koja hakam bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng “Anqaraguju” klubidan ishdan ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi