Foto: Getty Images
Tesla asoschisi Ilon Mask uning Rossiya bilan aloqalari haqida da’vo qilayotganlarni topib, yo‘q qilishini aytdi.
“Men bu ayblovlarni kim aytayotganini aniqlayman va ularni yo‘q qilaman”, deb yozdi u X tarmog‘ida.
Shu tariqa milliarder amerikalik demokrat senatorlar AQSH federal organlaridan Maskning Moskva bilan aloqalari haqidagi iddaolarni tekshirishni so‘ragani haqidagi ma’lumotga javob qaytardi.
Tadbirkor, shuningdek, Maskning SpaceX kompaniyasi davlat shartnomalarini olish huquqidan mahrum etilishi bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘rab adliya kotibi – AQSH bosh prokurori, Pentagon bosh inspektori nomiga xat yozgan senatorlarni “qo‘g‘irchoqlar” deb atadi.
Amerikaning The Wall Street Journal nashri oktyabr oyi oxirida Maskning Rossiya tomoni, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muntazam aloqada ekani haqida bayonot bergan edi. Nashrga ko‘ra, tadbirkor va Rossiya prezidenti Tayvanda Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh terminallari faoliyatini cheklash imkoniyatini muhokama qilgan.
“Hatto AQSH administratsiyasidagi hamma ham bundan xabardor emas”, deyiladi xabarda.
Suhbatdoshlardan biri AQSH rasmiylariga Mask va Putinning aloqalari yoqmasligi, lekin Oq uy tadbirkorga hech qanday e’tiroz bildirmaganini aytmoqda. Ilon Maskning Rossiya prezidenti bilan aloqalari amaldagi Amerika ma’muriyatining ayrim xodimlarini tashvishga solmoqda, chunki AQSH Putinni o‘zining asosiy raqiblaridan biri deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, Mask ba’zi maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega, shuningdek, Amerika harbiy va razvedka xizmatlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatgan. Ikki yil oldin Mask Rossiya prezidenti bilan muloqotdaligi haqidagi ma’lumotni qat’iyan rad etgandi.
WSJ manbalariga ko‘ra, ular o‘rtasidagi aloqalar joriy yilda ham davom etgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Putin Mask bilan 2022 yilgacha bo‘lgan yagona suhbatdan beri hech qanday aloqaga chiqmaganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi