01:12 / 18.11.2024
2

Ilon Mask raketada davlatlararo parvozni yo‘lga qo‘ymoqchi (video)

Ilon Mask raketada davlatlararo parvozni yo‘lga qo‘ymoqchi (video)
Kollaj: “Daryo”
Amerikalik milliarder Ilon Mask parvozlarni tezlashtirish uchun samolyotlarni Starship raketalariga almashtirishni ilgari surdi. Mask boshchiligidagi SpaceX kompaniyasi mazkur ulkan loyihani ilk bor 2017 yilda taqdim etgandi.

Starship raketasi soatiga 27 ming kilometr tezlikka erisha olishi taxmin qilingan. Nyu Yorkdan Shanxayga parvoz atigi 39 daqiqa davom etadi. Hozirda buning uchun 15 soatga yaqin vaqt ketadi. Yo‘lovchilar, shuningdek, Londondan Dubayga 29 daqiqaga, Londondan Qo‘shma Shtatlarga yarim soatda, Syurixdan Sidneyga esa 50 daqiqada yetib borishi mumkin bo‘ladi.

Loyihaga ko‘ra, raketaga 1000 nafar yo‘lovchi sig‘ishi mumkin. Kosmik kema uchirilgandan so‘ng orbitaga chiqishi va yerdagi belgilangan manzilga yetib borishi rejalashtirilgan. Biroq Starship'da bo‘lgan odamlar bosim tufayli jiddiy yuklanishlarni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keladi. Parvoz paytida xavfsizlik kamarlarini yechish mumkin emas. Kamchiliklardan yana biri chipta narxidir. Ularning taxminiy narxi oshkor etilmagan, ammo hozirgi vaqtda raketa parvozlari juda katta xarajatni talab qiladi. Bitta parvoz narxi kamida 50 million dollargacha baholanmoqda.

Loyiha uzoq vaqt davomida faqat konsepsiya bo‘lib qoldi, ammo yaqin kelajakda hammasi o‘zgarishi mumkin. X ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilardan biri 2024 yil noyabr oyida AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp kelishi bilan Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi loyihaga ruxsat berishini aytmoqda.

Uning taxminini Ilon Maskning o‘zi tasdiqlagan. “Endilikda bu amalga oshishi mumkin”, deb yozgan milliarder.

Biroq u hech qanday yangi tafsilotlarni oshkor qilmagan. Avvalroq u bunday parvozlar uchun yo‘lovchilarga hojatxona yoki bort oshxonasi kerak bo‘lmasligi, chunki yo‘lovchilar yo‘lda juda kam vaqt o‘tkazishini aytgandi.

Hozirda SpaceX kompaniyasi super og‘ir Starship raketasining navbatdagi parvoziga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uni 18 noyabr kuni kosmosga yuborish rejalashtirilgan. Bu qurilmaning oltinchi parvozi bo‘ladi. Oxirgi marta u 13 oktyabrda sinovdan o‘tkazilgan edi. O‘shanda sinov muvaffaqiyatli kechgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask raketada davlatlararo parvozni yo‘lga qo‘ymoqchi (video)