Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi

1 daqiqa o'qish291
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Rashida Tolib qonunchilik idorasidagi chiqishida Oq uyning G‘azo sektori bo‘yicha siyosatini tanqid qildi.

Kongress a’zolariga ochlik tufayli qoqsuyak holga kelgan falastinlik bolakayning fotosuratini ko‘rsatgan Rashida Tolib Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik ko‘magi o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotgani, Oq uy esa Tel-Avivning bu qilmishidan ko‘z yumayotganini aytgan.

«Bayden insonparvarlik ko‘magi bo‘yicha (Isroilga bergan) 30 kunlik muddat haqida gapirmoqchiman. Bayden ma’muriyati Isroil hukumati G‘azo sektorida insonparvarlik ko‘magi yetkazishga to‘sqinlik qilayotgani haqidagi o‘z ekspertlari, shuningdek, xalqaro inson huquqlari tashkilotlari va BMT hisobotlarini e’tiborsiz qoldirmoqda», – dedi kongressvumen.

Falastinlik bolalar ochlik tufayli hayvonlar ozuqasini ham yeyishga majbur bo‘layotganini ta’kidlagan deputat ayol insonparvarlik ko‘magini yetkazish va’dasida turmagani uchun Davlat kotibi Entoni Blinkenni iste’fo berishga chaqirgan.

Kongressdagi asli falastinlik yagona deputat sanalgan Rashida Tolib Isroil hukumati ishg‘ol ostidagi Falastin yerlarida aparteid siyosatini yuritayotganini aytib keladi.

Joriy yil 24 iyul kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH Kongressida ma’ruza qilganida ham Rashida Tolib «Harbiy jinoyatchi», «Qatliom aybdori» kabi jumlalar yozilgan peshlavha ko‘targan holda o‘z noroziligini bildirgandi.

G‘azo sektorida urush boshlangan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 43846 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 103740 nafari jarohatlangan.

Afsuski, dahshatli statistika kun sayin oshib bormoqda. Xalqaro tashkilotlar G‘azoda ko‘p sonli aholi bombalar, ochlik, tashnalik va yuqumli xastaliklar tufayli halok bo‘layotgani haqida bong urmoqda.

BMT joriy yil iyun oyida e’lon qilgan surishtiruvda G‘azo sektorida aholi, xususan, bolalar qasddan qirib tashlanayotgani bayon qilingan.

Xalqaro tuzilma Isroil hatto G‘azoda vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarishga ruxsat bermayotganini ma’lum qilgan.

BMTning maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze Isroil Falastin yerlarida etnik tozalash, ayirmachilik va ishg‘ol siyosatini to‘xtatmaguncha qadar uning BMTdagi a’zoligini vaqtincha to‘xtatib turishni taklif qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?