
Foto: X
Italiyalik rassom Mauritsio Kattelanning devorga yopishtirilgan «Komik» deb nomlangan bananni Nyu-Yorkdagi san’at auksionida 6,2 million dollarga sotilgani haqida xabar bergandik.
«Antiqa asar»ga bir necha million dollar sarflagan kriptovalyutalar sarmoyadori Jastin San o‘sha bananni yemoqchi.
«O‘ziga xos badiiy tajriba doirasida yaqin kunlarda shu bananni yeb, uning san’at tarixi va ommaviy madaniyatdagi o‘rniga hurmatimni izhor qilmoqchiman», — dedi Jastin San.
Biroq San bananni yegani bilan uning sarmoyasi qiymati o‘zgarmaydi. Banan — uzoq saqlab bo‘lmaydigan mahsulot, u hatto xaridga ilova qilingan sertifikatga kiritilmagan. Tadbirkor 6,2 mln dollarga yopishqoq tasma (skotch) ruloni, bananni «to‘g‘ri o‘rnatish» haqida qo‘llanma va eng muhimi, haqiqiylik sertifikatini qo‘lga kiritdi — u chindan ham san’at asari muallifi Katellan ekanini tasdiqlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar