Kollaj: Shutterstock
Suriyada isyonchilar prezident Bashar Asadning qo‘riqchisiz qolgan qarorgohiga kirdi, odamlar buyumlarni talon-toroj qilishni boshladi.
Prezident qarorgohi shaharning g‘arbiy qismida, Mezz tog‘ida joylashgan. U Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning otasi Hofiz Asad davrida qurilgan. Odamlar qarovsiz qolgan saroydan mebellar, gilamlar, stullar, prezidentning shaxsiy buyumlarini olib ketmoqda. Mahalliy aholi prezident saroyida bemalol sayr qilib, suratga tushmoqda.
Suriya ommaviy axborot vositalari qarorgohdagi garajda 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlanganini yozmoqda. Transport vositalari orasida bir nechta yo‘ltanlamaslar, jiplar va yuk tashish mashinalari bor. Hatto limuzinlar va sport avtomobillari ham mavjud: BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo va Mercedes-AMG SLS.
Hozirda prezident qarorgohida yong‘in chiqqani aytilmoqda. 8 dekabrga o‘tar kechasi Suriya prezidenti Damashqni tark etgan. Poytaxtga qurolli isyonchilar kirib kelgan.
Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy prezidentning qayerdaligi noma’lumligini aytgan. U hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishga tayyorligini e’lon qilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqqani va Suriyani tark etganini xabar qilgan.
Reuters nashrining xabar berishicha, bortida Asad bo‘lgan samolyot Damashqni tark etgan va ko‘p o‘tmay radardan g‘oyib bo‘lgan. Hozirda siyosatchi qayerdaligi noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan
Qarzing bo‘lmasin!
Janubiy Koreya prezidentining mamlakatdan chiqishi taqiqlandi