Suriyada sobiq prezident Bashar Asadning amakivachchasi Sulaymon Hilol Asad osib o‘ldirildi. Bu haqda Sondakika xabar berdi.
Kollaj: Videodan kadr
Isyonchilar hujumidan keyin Asadlar oilasi orasida mamlakatni tark eta olmaganlar ham bor edi. Ulardan biri Sulaymon Hilol Asad bo‘lgan. U xalq tomonidan Latakiya shahrida qo‘lga olingan. G‘azablangan olomon uni shahar maydonidagi dorga osgan. Jarayon esa videoga olingan.
Suriyadagi vaziyat
Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.
Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.
Kechroq Kremldagi manbalar Suriyadan qochgan prezident oilasi bilan Moskvaga kelgani, Putin ularga boshpana berganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Qarzing bo‘lmasin!
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
"Metallurg" 2025 yil Superligada o‘ynaydi
Mayk Tayson: “Yig‘ladim va qasos olishga va’da berdim”
Bashar Asad oilasi bilan Moskvaga qochib kelgani ma’lum bo‘ldi
Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan