Suriya harbiylari / Arxiv
Foto: Depositphotos
Iroq hukumati muxolifat qurolli kuchlari hujumi paytida mamlakatdan qochib ketgan 1900 dan ortiq harbiyni Suriya tomoniga topshirdi. Bu haqda Iroq QK Birlashgan operativ qo‘mondonligi ma’lum qildi.
Bayonotda aytilishicha, 19 dekabr kuni ertalab “aksar Suriya kuchlari bilan hamkorlikda 1905 nafar Suriya zobiti va ularga aloqador shaxslar El-Qayim chegara postida Suriya kuchlariga rasman topshirildi”. Iroq harbiy qo‘mondonligiga ko‘ra, ikki davlat chegarasidagi “Bu-Kemal” nazorat-o‘tkazish punktida ishlagan 36 kishi Suriyaga qaytib kelgan.
Suriya harbiylari Damashqdagi yangi hokimiyatning iltimosiga ko‘ra vataniga jo‘natildi va qaytishdan oldin tegishli yozma rozilik berdi. Iroq tomoni Suriyaning amaldagi hukumatini qaytib kelgan harbiy xizmatchilarning xavfsizligini ta’minlash, ularni afv etish va oilalariga qaytarishni kafolatlashga chaqirdi.
“Al Vatan” nashri, shuningdek, Suriya hukumati Dayr az-Zor viloyatidan Iroq hududiga qochib ketgan 2,4 ming nafar suriyalik harbiy xizmatchilarni qaytarish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Suriyani nazorat qilayotgan qurolli muxolifatning birlashgan kuchlari bosh qo‘mondonligi Iroq hukumati bilan Iroq hududiga yashiringan askarlar va zobitlarni topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Suriyadagi vaziyat
Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.
Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.
Kechroq Kremldagi manbalar Suriyadan qochgan prezident oilasi bilan Moskvaga kelgani, Putin ularga boshpana berganini ma’lum qildi.
10 dekabr kuni Idlib shahrida isyonchilarga rahbarlik qilgan Muhammad al-Bashir o‘zini Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinladi. U fuqarolarga qarata qilgan televideniye murojaatida bu lavozimni kamida 2025 yil 1 martgacha egallab turishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi