00:30 / 21.12.2024
8

AQSH delegatsiyasi HTSH bilan “samarali” muzokaralar olib bordi

AQSH delegatsiyasi HTSH bilan “samarali” muzokaralar olib bordi
Foto: Reuters
AQSH Davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi Barbara Lif boshchiligidagi delegatsiya Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan “Hayat Tahrir ash-Shom” (HTSH) yetakchisi Ahmad al-Shara bilan Damashqda muzokaralar o‘tkazdi.

Bu 2012 yildan beri amerikalik diplomatlarning Suriyaga ilk rasmiy tashrifidir. Nomi oshkor etilmagan rasmiy Axios jurnalisti Barak Ravidga uchrashuv “foydali va samarali” bo‘lganini aytdi. Ayni paytda, muzokaralardan keyin rejalashtirilgan matbuot anjumani “xavfsizlik sababli” bekor qilindi.

Delegatsiya mahalliy faollar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashishni rejalashtirgan”, deyiladi Davlat departamenti xabarida.

Diplomatlarning tashrifi AQSH davlat kotibi Entoni Blinken rasmiylar va HTSH o‘rtasida aloqalar borligini e’lon qilganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi.

AQSH prezidenti Jo Baydenning iste’foga chiqqan ma’muriyati HTSHni taqiqlangan va terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Davlat departamentining aniqlik kiritishicha, bu guruh va’dalarining bajarilishiga bog‘liq.

Umuman olganda, rasmiylar Suriyada sodir bo‘layotgan voqealarga aralashmaslik siyosatini qayta ko‘rib chiqishga hali tayyor emas, “Islomiy davlat”ga qarshi kurash bundan mustasno”, deb yozadi WP.

Suriyadagi vaziyat

Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.

Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.

Kechroq Kremldagi manbalar Suriyadan qochgan prezident oilasi bilan Moskvaga kelgani, Putin ularga boshpana berganini ma’lum qildi.

10 dekabr kuni Idlib shahrida isyonchilarga rahbarlik qilgan Muhammad al-Bashir o‘zini Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinladi. U fuqarolarga qarata qilgan televidenie murojaatida bu lavozimni kamida 2025 yil 1 martgacha egallab turishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH delegatsiyasi HTSH bilan “samarali” muzokaralar olib bordi