
Yevropa Ukrainadagi mojaroda mag‘lub bo‘ldi, garchi ular buni “aloqa nayranglari” bilan inkor etishga urinayotgan bo‘lsalar-da. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Yangi voqelik bor, qisman frontda – bu haqda hamma eshitishi mumkin, bu yashirin emas. Rossiya oldinga siljimoqda. Sekin maydalab, oldinga siljimoqda... Yevropa Ittifoqi bu urushda yutqazdi”, — dedi Orban M1 telekanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "hozir ular har xil aloqa nayranglarini ishlatishga harakat qilmoqdalar", masalan, "g‘alaba nimaligini bila olmaysiz", lekin “g‘alaba – mag‘lubiyat, mag‘lubiyat esa g‘alaba” deb tushuntirishga urinish ko‘proq Jorj Oruellaning “1984” romanini eslatadi.
Orban, shuningdek, 2022 yil aprelida Rossiya Federatsiyasi va Ukraina tinchlik bitimini tuzishga “soatlar qolgan”ini, ammo “G‘arb aralashuvi tufayli bu kelishuv imkonsiz bo‘lib qolganini” aytdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar