12:12 / 25.12.2024
63

Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”

Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Foto: Magyar Namzet
Ukrainadagi urush 2025 yilda tugashi mumkin, lekin ikki xil yo‘l bilan. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Magyar Namzet nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Jangovar harakatlar 2025 yilga kelib yakuniga yetadi. Bu yo tinchlik bitimi bilan, yo mojaro tomonlaridan birining yo‘q qilinishi bilan tugaydi”, dedi siyosatchi.

Unga ko‘ra, G‘arbning Ukrainaga sarflagan mablag‘lari behuda ketgan, oqibatda mamlakat o‘z iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qodir emas. Germaniya va Fransiyadagi siyosiy inqirozlar esa G‘arbning noto‘g‘ri strategiyasi oqibatlarining boshlanishi, xolos.

Amerika va Yevropa birgalikda urushga qariyb 300 milliard yevro sarfladi. Bu pulga butun Yevropada turmush darajasining tez o‘sishiga erishish mumkin edi. Biz butun Bolqonni Yevropa taraqqiyoti darajasiga ko‘tarishimiz mumkin edi. Migratsiyani jilovlashimiz, Yevropaning mutlaqo yangi mudofaa tizimini barpo etishimiz mumkin edi. Ammo bu pullar yonib ketdi”, dedi Orban.
Vengriya bosh vaziri oqibatda “Ukrainaning infratuzilmasi, transport va energetika tizimi butunlay vayron bo‘lgani va yaqin kelajakda mamlakat o‘z iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qodir emasligini” ta’kidladi.

Avvalroq Orban Avstriyaning sobiq kansleri Volfgang Syussel bilan suhbatda Ukraina uchun eng maqbul variant - Rossiya va NATO bloki o‘rtasida bufer hududga aylanish ekanligini, aks holda ukrainaliklar o‘z mamlakatini yo‘qotishini aytgandi.

2025 yil 20 yanvarda AQSH prezidenti lavozimiga kirishadigan Tramp muzokaralar orqali Ukraina mojarosini hal etishga va’da bergandi. U bu masalani bir kunda hal qila olishini bir necha bor ta’kidlagan.

Ukraina shartlari

Ukraina qo‘shinlarni 1991 yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022 yillarda Rossiya tomonidan u yerda o‘tkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.

Rossiya shartlari

Putin o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qo‘shinlari o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu to‘rtta hudud va Qrim go‘yoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a’zolikdan voz kechishi va sanksiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib bo‘lmaydigan” ultimatum deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”