21:11 / 25.12.2024
6

Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”

Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Foto: tawaf.tv
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat armiyasi Suriyadagi kurd jangchilari faoliyatiga barham berishga qaror qilganini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu tashkilotlar yo qurollarini topshirishlari yoki yo‘q qilinishi kerak.

Biz Suriyadagi terrorchilik tashkilotlarini, ayniqsa, har ikki mamlakat mavjudligiga tahdid solayotgan ISHID va Kurdiston ishchi partiyasini yo‘q qilishga qat’iy niyat qilganmiz. Bu separatist jinoyatchilar yo qurollarini topshiradi, yo ular bilan birga Suriya yerlariga ko‘miladi. Biz va kurd birodarlarimiz o‘rtasida qonli g‘ov yaratishga urinayotgan terrorchilik tashkilotini tugatamiz”, dedi Erdog‘on parlamentda Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiyasi oldida so‘zlagan nutqida.

Uning ta’kidlashicha, Suriyadagi mazkur guruhlar “Suriya, shuningdek, Iroq va Turkiya uchun tahdid manbayi hisoblanadi”.

NATOning ularga qarshi kurashayotgan yagona a’zosi — Turkiya. Bu ishda bizni cheklab bo‘lmaydi. Yagona maqsadimiz — mintaqamizning Suriyadan boshlab har bir nuqtasida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Boshqalar uchun Suriya xavfsizligi va osoyishtaligi muhim bo‘lmasligi mumkin. Biz esa bunday o‘ylashga qodir emasmiz, chunki Suriya bilan 900 kilometrlik chegaramiz bor”, dedi Erdo‘g‘on.

U, shuningdek, yurtiga qaytib ketmoqchi bo‘lgan Turkiyadagi suriyalik qochqinlarga yordam berishini, ammo hech kimni kuch bilan mamlakatdan chiqarib yubormasligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”