Oyatulloh Ali Xomanaiyning jasadi Iroqqa yetkazildi, dafn 9 iyulgacha davom etadi

2 daqiqa o'qish261
Oyatulloh Ali Xomanaiyning jasadi Iroqqa yetkazildi, dafn 9 iyulgacha davom etadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Eronning marhum oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning jasadi dafn marosimlari doirasida 7 iyul kuni Iroqning Najaf shahriga yetkazildi.
  • Uni aeroportda Iroq bosh vaziri Ali al-Zaydiy boshchiligidagi rasmiylar, shuningdek, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon kutib oldi.
  • Mazkur dafn marosimlari 9 iyulga qadar davom etib, shundan keyin uning jasadi Mashhad shahriga dafn etilishi rejalashtirilgan.

Eronning marhum oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning jasadi dafn marosimlari doirasida Iroqqa olib kelindi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Xomanaiyning tobuti 7 iyul kuni Iroqning muqaddas Najaf shahriga yetkazildi. Uni aeroportda Iroq bosh vaziri Ali al-Zaydiy boshchiligidagi rasmiylar, shuningdek, bir qator yuqori lavozimli davlat amaldorlari kutib oldi. Najaf shahri Muhammad payg‘ambarning (s.a.v.) amakivachchasi va kuyovi Imom Ali dafn etilgan muqaddas maskan sifatida butun dunyo shialari uchun eng ulug‘ ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Shu bois dafn marosimining aynan ushbu shaharda o‘tkazilishi katta ramziy ahamiyatga ega.

Marosimlarda ishtirok etish uchun Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ham Najaf shahriga tashrif buyurdi. Aeroportda tashkil etilgan rasmiy kutib olish tadbirida Iroqning siyosiy yetakchilari, davlat rahbariyati va shia diniy ulamolari ham qatnashdi. Shuningdek, 8 iyul kuni tobut ommaviy motam marosimlari doirasida shahar ko‘chalari bo‘ylab olib o‘tilishi rejalashtirilgan.

Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari esa 3 iyul kuni Tehron shahrida boshlangan edi. Unda O‘zbekistondan Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov rahbarligidagi rasmiy delegatsiya ham ishtirok etdi. Janoza marosimida Xomanaiyning uch nafar o‘g‘li — Mustafo, Meysam va Mas’ud ham ko‘rinish berdi.

Biroq Eronning amaldagi oliy rahnamosi Mojtaba otasining dafn marosimida ishtirok etmadi. U joriy yilning 9 mart kuni otasining o‘rniga yangi oliy rahnamo sifatida tayinlangan edi. Aytilishicha, AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviahujumlar natijasida olgan tan jarohatlari sababli u hozirga qadar omma oldida namoyon bo‘lmagan. Shu bilan birga, uning janozada qatnashmagani xavfsizlik choralari bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dafn marosimlari 9 iyulga qadar davom etadi. Shundan keyin Xomanaiyning jasadi Mashhad shahrida o‘rta asr shia imomlaridan biri qabri yoniga dafn etiladi. Manbalarga ko‘ra, u bilan birga qizi, kuyovi, kelini va 14 oylik nabirasi ham bir joyga dafn qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Oyatulloh Ali Xomanaiy 28 fevral kuni AQSH va Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan edi. Uning vafot etgani rasman 1 mart kuni tasdiqlangan. Dastlab sobiq rahnamo bilan vidolashuv marosimlari 4 mart kuni boshlanib, uch kun davom etishi rejalashtirilgan edi. Biroq tashkilotchilarning ta’kidlashicha, «millionlab ishtirokchilar» kelishi kutilayotgani hamda zarur infratuzilmani tayyorlash ehtiyoji tufayli dafn va motam tadbirlari iyul oyiga qoldirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?