EPA-EFE/REX/Shutterstock
«Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi (hamon ko‘plab davlatlarda terrorchi tashkilot sifatida tan olingan) rahbari Ahmad al-Shar’a bu haqda boshqa qurolli guruhlar yetakchilari yonida turib aytgan.
Ammo ular orasida Suriya shimoli-sharqini nazorat qiluvchi kurdlar vakili bo‘lmagan. Bu tuzilmalarning barchasi mamlakat mudofaa vazirligi nazorati ostidagi yangi milliy armiyaga birlashtiriladi, degan al-Shar’a.
O‘tgan haftada «Hay’at Tahrir ash-Shom» a’zosi bo‘lgan va guruhning poytaxt Damashqqa g‘olibona yurishiga qo‘mondonlik qilgan Murhaf Abu Kasra mudofaa vaziri etib tayinlangandi.
SANA davlat axborot agentligi Ahmad al-Shar’a (bungacha Abu Muhammad al-Jo‘laniy taxallusi bilan tanilgan) Suriyadagi boshqa qurollangan guruhlarning yetakchilari qurshovida tushgan fotosuratlarni namoyish etgan.
Ular orasida mamlakatning shimoli-sharqiy hududlarini nazorat qiluvchi va shu kunlarda Turkiya ta’siridagi Suriya ozodlik armiyasiga qarshi jang qilayotgan kurdlarning Suriya demokratik kuchlaridan vakil bo‘lmagan.
Avvalroq Ahmad al-Shar’a Suriyaning yangi hukumati «mamlakatda davlat nazoratida bo‘lmagan qurol paydo bo‘lishiga hech qanaqasiga yo‘l qo‘ymasligi»ni va’da qilgandi. Bu birinchi navbatda al-Shar’a alohida eslab o‘tgan kurdlar manziliga qaratilgan ogohlantirishdek yangragandi.
Yangi hukumat «Suriya bo‘linmasligi»ni ta’kidlab, kurdlarning hududlarini ham birlashtirish yo‘lini topishiga ishontirmoqda.
Suriyada 2011 yilgi «Arab bahori» inqiloblari ta’sirida boshlangan fuqarolik urushi 13 yil davom etdi va yarim milliondan oshiq kishi hayotiga zomin bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi