20:00 / 30.12.2024
123

Putin kimlarni yangi yil bilan tabrikladi?

Putin kimlarni yangi yil bilan tabrikladi?
Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 36 nafar sobiq va amaldagi siyosiy etakchilarni Rojdestvo va kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi.

Evropa davlatlari etakchilari orasida faqat Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bor. Ulardan tashqari, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va prezidenti Draupadi Murmu, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va prezidenti Vaagn Xachaturyan, Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In, Rim papasi Frantsisk, Xitoy raisi Si Szinpin tabrik telegrammalarini qabul qildi.

Markaziy Osiyo davlatlarining barcha prezidentlariga tabrik yoʻllangan.

Bundan tashqari, tabriklar yana besh nafar sobiq rahbarga yoʻllangan: Kuba sobiq prezidenti Raul Kastroga, Qozogʻiston sobiq rahbari Nursulton Nazarboyev, Armaniston sobiq prezidenti Robert Kocharyan va sobiq bosh vazir Serj Sargsyanga, shuningdek, Germaniyaning sobiq kansleri Gerhard Shryoderga.

Roʻyxatda dekabr oyi oxirida Moskvaga tashrif buyurgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso yoʻq. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov u ham Putindan tabrik olganini aytgan.

2023 yilga nisbatan Putin tabriklarini oluvchilar roʻyxatida Suriya va Abxaziya prezidentlari Bashar Asad va Aslan Bjaniya yoʻq. Birinchisi fuqarolar urushi natijasida agʻdarildi va Rossiyaga qochib ketdi, ikkinchisi ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin iste'foga chiqdi. Bundan tashqari, roʻyxatda bir yil avval telegramma olgan Frantsiya sobiq bosh vaziri Nikolya Sarkozi tilga olinmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo