
Suriya gʻarbidagi Xoms viloyatida hokimiyatdan agʻdarilgan Bashar Asad rejimining qurolini tashlamagan harbiylariga qarshi keng koʻlamli operatsiya boshlandi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Operatsiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan Harbiy operatsiyalar qoʻmondonligi bilan birgalikda viloyat ma'muriy markazi - Xoms shahrining bir qancha mavzelari va unga yaqin hududlarda oʻtkazilyapti.

Foto: AFP
Xavfsizlik kuchlari Vodi-Zahab va Akrima hududlari aholisini koʻchaga chiqmaslikka va uylarida qolishga chaqirdi.
Suriyada 61 yil hukmronlik qilgan «Baas» partiyasi rejimi qulaganidan soʻng, 8 dekabr kuni Harbiy operatsiyalar qoʻmondonligi umumiy amnistiya e'lon qildi. Mamlakatning koʻplab viloyatlarida yarashtirish markazlari ochilgan. Toʻntarilgan rejim tarafdorlaridan ma'lum muddat ichida qurollarini topshirish soʻralgan.
Avvalroq Harbiy operatsiyalar qoʻmondonligi Tartus va Loziqiya provintsiyalarida ham xuddi shunday amaliyotlar oʻtkazgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar