Foto: Zakon.kz
Braziliyada 25 dekabr kuni Qozogʻistonning Oqtov yaqinida halokatga uchragan Ozarbayjon havo yoʻllari (AZAL) samolyotining “qora quti”larini oʻrganish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda Braziliyaning G1 portali.
“Qora quti”lardan olingan ma'lumotlar Braziliya harbiy-havo kuchlari (FAB) mutaxassislari ishtirokida tahlil qilinadi.
“Olingan ma'lumotlar voqeani tahlil va tergov qilish uchun mas'ul boʻlgan Qozogʻistonning Aviatsiya hodisalarini tekshirish departamentiga topshiriladi”, deya aniqlik kiritdi FAB.
25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchayotgan Ozarbayjon havo yoʻllari (AZAL)ning Embraer samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uchradi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, besh nafar ekipaj a'zosi boʻlgan. Ulardan 42 nafari Ozarbayjon, 16 nafari Rossiya, 6 nafari Qozogʻiston, 3 nafari Qirgʻiziston fuqarolaridir. Hodisa oqibatida jami 38 kishi halok boʻldi.
29 dekabr kuni barcha 17 xalqaro ekspert, jumladan, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO), Braziliya aviahalokatlarni tekshirish va oldini olish markazi (CENIPA), Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi (IAC) va Embraer ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari AZAL samolyoti halokati sabablarini tekshirish uchun Oqtovga etib keldi.
30 dekabr kuni Qozogʻiston Ozarbayjon samolyotining registratorlarini CENIPA’ga oʻrganish uchun yubordi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev samolyot Grozniy yaqinida tashqi ta'sir oqibatida shikastlangan va boshqaruvni yoʻqotganini ma'lum qilgan.
“Faktlar shundan iboratki, Ozarbayjon fuqarolik samolyoti Rossiya hududida, Grozniy shahri yaqinida tashqi ta'sir oqibatida shikastlangan va deyarli boshqaruvni yoʻqotgan. Shuningdek, bizning samolyotimiz radioelektron kurash vositalari yordamida boshqarib boʻlmaydigan holatga tushirilganini ham bilamiz. Bu samolyotga etkazilgan birinchi zarar hisoblanadi”, dedi u Ozarbayjon televideniyesiga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)
Zelenskiy Rossiyaga hududiy yon bosish shartini aytdi
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
Trampning AQSh bilan birlashish haqidagi taklifiga Kanada qanday javob berdi?
Fargʻonada mas'uliyatsiz enaga jinoiy ish doirasida tergovga tortildi