Foto: Anadolu Ajansı
Suriya muvaqqat hukumati fevraldan davlat sektorining koʻplab xodimlari maoshlarini 400 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vazirligi rahbari Muhammad Abazid bayonot berdi.
Mamlakatda 13 yil davom etgan nizolar va sanktsiyalardan soʻng iqtisodiyotni barqarorlashtirish choralari doirasida ushbu qarorga kelindi, deb yozdi Arab News.
Muhammad Abazidning aytishicha, Suriya davlat sektori xodimlari Bashar Asad prezidentligi davrida oyiga 25 dollar maosh olgan va mamlakatning aksariyat aholisi singari qashshoqlikka mahkum etilgan.
Ish haqlari oshirilishi Suriya byudjetiga 125 mln dollar (1,65 trln suriya funti)ga tushadi. Moliyalashtirish hududiy yordam dasturlari, yangi sarmoyalar, mamlakatning xorijda muzlatilgan aktivlarini «eritish» (ular jami 400 mln dollargacha boʻlishi mumkin), shuningdek, Damashq nazorati ostidagi zaxiralardan tushadigan foyda hisobidan qoplanishi aytilmoqda.
Suriyada davlat xizmatchilari soni 1,3 mln nafarga yaqin boʻlib, tegishli ta'lim darajasi, tajriba va koʻnikmaga ega boʻlganlarning maoshlari oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daydi odam qanday qilib restoran egasiga aylandi?
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Husanovning agenti Mirror nashriga Abduqodirning atrofidagi vaziyat haqida gapirdi
Dollar toʻla hamyonni onaxonga qaytargan serjant: “Egasini tuni bilan qidirdim”
Shu desangiz, ukam...(hajviya)