Foto: TASS
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Evropa davlatlari va AQShni mamlakatni faolroq qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi. Hozirda bu boradagi sustkashlik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Sibiga X ijtimoiy tarmogʻida yozdi.
“Hozir Ukrainaning sheriklari uchun charchoq yoki dam olish vaqti emas”, dedi vazir.
Sibiga tinchlikka erishish uchun Ukrainani koʻproq qoʻllab-quvvatlash zarurligini ta'kidladi.
Ukraina Moliya vazirligi 2024 yilda Kiyev Gʻarb davlatlaridan 41,7 milliard dollar miqdorida yordam olganini ma'lum qilgandi.
Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko ushbu mablagʻlar asosiy ijtimoiy xarajatlarni qoplash, jumladan, pensiyalar, ta'lim va tibbiyot xodimlarining maoshlarini toʻlash, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish dasturini ta'minlashga yordam berganini ta'kidladi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga hududiy yon bosish shartini aytgandi. Unga koʻra, Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan voz kechish evaziga NATOga qoʻshilish stsenariysini koʻrib chiqishi mumkin.
“NATO Ukrainaga qonuniy ravishda taklif qilinmoqda va biz Ukrainaning boshqa hududlarini tan olmasak-da, NATO Ukraina nazoratidagi qismda faoliyat yuritishi mumkin. Bu haqda kelishib olsa boʻladi. Bunga ishonchim komil”, dedi Zelenskiy amerikalik podkaster Leks Fridmanga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda COVID'ga oʻxshash virus tarqalmoqda (video)
Litsenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga chora koʻrildi
Sanepidqoʻmita metapnevmovirus infektsiyasi toʻgʻrisida ma'lumot berdi
Qanday qilib 21 yoshli Abbosbek Fayzullayev RPL yulduziga aylandi?
"Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Navoiy viloyatida Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi
Ozarboyjon va Armaniston chegara boʻyicha yangi muzokaralarni boshlaydi
Abduqodir Husanovning yoʻqligi "Lans"ga magʻlubiyat olib keldi