date
views 428

Dunyoning eng boy odami "Liverpul" klubini sotib oladimi?

Dunyoning eng boy odami "Liverpul" klubini sotib oladimi?
Dunyodagi eng boy inson Ilon Maskning otasi Errol Mask oʻgʻli "Liverpul"ni sotib olish istagida ekanini aytdi. Errol Mask Liverpul shahrida uning uzoq qarindoshlari yashaganini qoʻshimcha qilgan.

"Oʻgʻlim [Ilon Mask] "Liverpul"ni sotib olishdan mamnun boʻlardi. Uning buvisi Liverpuldan. Bizning oilamiz oʻsha erdan boʻlgan, ular Bitlz guruhi bilan birga katta boʻlishgan", - deydi Errol Mask.

Forbes talqiniga koʻra, Ilon Maskning ayni damdagi boyligining tahminiy qiymati 415,6 milliard dollarni tashkil qiladi. "Liverpul" klubi esa taxminan 4,5-5 mlrd dollarga baholanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boy odami "Liverpul" klubini sotib oladimi?