6 yanvar kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Liberal partiya raisligidan iste'foga chiqishini e'lon qildi.
Endilikda partiya oʻziga yangi rais saylashi kerak boʻladi. Saylovda faqat Liberal partiya a'zolari qatnashadi. Yangi rais Kanada bosh vaziri lavozimini egallaydi. Ungacha Jastin Tryudo bosh vazir sifatida faoliyatini davom ettirib turadi.
Shu oʻrinda 2015 yildan beri Kanada bosh vaziri lavozimini egallab kelayotgan Jastin Tryudoning hayot yoʻli haqidagi ma'lumot bilan ushbu maqola orqali tanishishingiz mumkin.
Tryudo faoliyatini oʻqituvchilikdan boshlagan
Jastin Tryudo 1971 yil 25 dekabrda tugʻilgan. U 1994 yilda san'at bakalavri darajasini olgan, shundan soʻng Britaniya Kolumbiya universitetida ta'lim dasturini tamomlagan va Vankuverda bir necha yil davomida frantsuz tili, matematika va boshqa fanlardan dars bergan.
Tryudo siyosatga kirishdan oldin Katimavik yoshlar tashkilotining raisi boʻlgan, Kanadaning Avalanche Foundation direktorlar kengashida ishlagan va atrof-muhit himoyachisi sifatida tanilgan.
2007 yilda Tryudo Monrealning Papineau palatasida Liberal partiyaning saylovlarida gʻalaba qozonish uchun ommaviy kampaniya olib bordi. U 2008 yilda Kanada Jamoatlar palatasiga saylangan va 2011, 2015, 2019 va 2021 yillarda qayta saylangan.
Partiya etakchisi va mamlakat bosh vaziri
2013 yil aprelida Tryudo Liberal partiya etakchisi boʻldi, 2015 yil 19-oktyabrda esa partiya hukumatda koʻpchilikni, mamlakatning barcha viloyatlari va hududlari parlamentlarida oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. 2015 yilning 4 noyabrida Tryudo Kanadaning 23-bosh vaziri sifatida qasamyod qildi. 2019 yil 21 oktyabrda u yana Liberal partiyani saylovda gʻalaba qozondi va kanadaliklardan ikkinchi mandat oldi. 2021 yil 20 sentyabr Liberal partiya yana gʻalaba qozondi va Tryudo uchinchi mandatini qoʻlga kiritdi.
Kanada hukumati veb-saytiga koʻra, Tryudo jamoasining asosiy gʻoyasi oʻrta sinf uchun ish oʻrinlari yaratish, shuningdek, narxlarni pasaytirish, Kanada hamjamiyatlarini xavfsiz saqlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va mahalliy xalqlar bilan birdamlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, Tryudo Kanadaning birinchi gender muvozanatli hukumatini shakllantirgan siyosatchi hisoblanadi.
Tramp bilan uchrashuv
3 dekabr kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Tryudo bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda AQSh va Kanada chegarasini noqonuniy kesib oʻtish holatlari, giyohvand moddalar aylanmasi hamda migrantlar yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan muammolar muhokama etildi. Amerikaning saylangan rahbari ikki davlat oʻrtasidagi savdo kamomadini ham tilga oldi, uning hisob-kitoblariga koʻra, bu kamomad 100 milliard dollarga etgan.
Shundan soʻng, AQShning boʻlajak rahbari oʻz hamkasbiga agar Kanada yuqorida tilga olingan muammolarni hal qilmasa, inauguratsiyadan keyin Kanadaning barcha mahsulotlariga 25% savdo tariflarini joriy qilishini ma'lum qildi. Bunga javoban Tryudo bunday bojlarni joriy etishning iloji yoʻqligini ta'kidladi, chunki bu mamlakat iqtisodiyotini butunlay yoʻq qilishi mumkin.
Amerikaning boʻlajak prezidentining ta'kidlashicha, bu vaziyatda Kanada AQShning 51-shtatiga aylanishi muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin.
"Kanadada koʻpchilik AQShning 51-shtati boʻlishni xohlaydi. Agar Kanada AQSh bilan birlashsa, AQSh importiga hech qanday tariflar boʻlmaydi, soliqlar sezilarli darajada kamayadi va ular doimo ularni oʻrab turgan Rossiya va Xitoy kemalari tahdididan butunlay himoyalangan boʻlar edi. Birgalikda buyuk xalq boʻlamiz”, deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ishonchsizlik votumi
2024 yil 10 dekabrda Tryudo hukumati oʻzining asosiy konservativ raqibi tashabbusi bilan uch oy ichida uchinchi marta ishonchsizlik votumini oldi. Konservatorlar sentyabr va oktyabr oylarida oʻtishga uringan ikkita ishonchsizlik ovozi ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Foto: Reuters
Oʻtgan yilning 17 dekabrida Tryudo Kanada Liberal partiyasi a'zolari va uning tarafdorlari bilan gaplashar ekan, hukumatidagi oʻzgarishlarga qaramay, oʻz lavozimini tark etish niyatida emasligini aytdi. Shu bilan birga, CTV telekanali manbalarga tayanib, bosh vazir oʻrinbosari Kristia Friland ishdan boʻshatilishi munosabati bilan bosh vazir iste'foga chiqishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Tryudo unga Kanada moliya vaziri lavozimini taklif qilgan va ketishi bu taklifga javob boʻlgan. Frilandning soʻzlariga koʻra, u va Tryudo oʻrtasida "Kanada uchun eng yaxshi yoʻlni tanlash borasida" kelishmovchilik yuzaga kelgan.
6 yanvar kuni ertalab Tryudo Liberal partiya oʻz oʻrniga oʻrinbosar tanlaganidan soʻng Kanada bosh vaziri lavozimini tark etish niyatida ekanligini ma'lum qildi. The Globe and Mail nashri manbalarga tayanib, Tryudo 8 yanvargacha mamlakatning hukmron partiyasi etakchisi lavozimidan ketishini e'lon qilishini yozdi.
Tryudodan keyin Kanada bosh vaziri kim boʻladi?
Politico nashriga koʻra, navbatdagi saylovlar 2025 yil oktyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq hozirgi vaziyatda shu yilning bahoridayoq oʻtkazilishi mumkin. Saylovda Kanada konservatorlari gʻalaba qozonish ehtimoli yuqori. AP tomonidan keltirilgan soʻnggi soʻrovnoma shuni koʻrsatadiki, liberallar muxolifatdagi konservatorlardan ancha ortda bormoqda — 45% ga 23%. Tryudo oʻzining iste'fosi bilan partiyaning mavqeini saqlab qolishga harakat qilmoqda, ammo koʻplab ekspertlarning fikriga koʻra, u bu qarorni juda uzoqqa choʻzdi.
Agar konservatorlar gʻalaba qozonsa, 45 yoshli populist Per Pualevr bosh vazir boʻlishi mumkin.
Per Pualevr
Foto: NashVankuver.com
Ayni damda Tryudo oʻrnini egallashi mumkin boʻlganlar orasida nufuzli Politico nashri bir qancha yuqori martabali amaldorlar nomini keltirdi: Kanada bankining sobiq gubernatori Mark Karni, sobiq bosh vazir oʻrinbosari va moliya vaziri, tashqi savdo vaziri va Tashqi ishlar vaziri Kristia Friland, Britaniya Kolumbiyasining sobiq Bosh vaziri Kristi Klark, amaldagi Moliya va hukumatlararo ishlar vaziri va Tryudoning eski doʻsti - Dominik LeBlank, hozirgi Innovatsiyalar, fan va sanoat vaziri Fransua-Filip Shampan, hozirgi tashqi ishlar vaziri Melani Joli, hozirgi transport vaziri va sobiq mudofaa vaziri Anita Anand. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Oltin togʻlar» va'da qilgan Trampning rejasida nimalar notoʻgʻri?
1-fevraldan boshlab Oʻzbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshadi!
Qozogʻistonlik jarrohlar 4 yoshli bolaning ichaklaridan 39 ta magnit sharni olib tashladi
Andijon viloyatidagi savdo doʻkonida yirik yongʻin sodir boʻldi
Isroil «Hizbulloh» bilan uzoq muddatli sulh tuzmoqchi(mi?)
Damashq aeroporti xalqaro reyslar uchun ochiladi
Qizlarni ketiga urgan yigit 5 sutkaga qamaldi
Marsni oʻrganishga moʻljallangan yangi vertolyot namoyish qilindi