Foto: AP
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad turmushga chiqishidan oldin Britaniya razvedkasiga ishlagan boʻlishi mumkin. Bu haqda suriyalik muxolif jurnalist Nizar Nayuf tomonidan e'lon qilingan hujjatlarga tayanib Sky News Arabia telekanali xabar berdi.
Hujjatlarda keltirilishicha, 1990 yillarda Asma Asad britaniyalik razvedkachi Elize Bouler yordami bilan Londondagi JP Morgan bankiga ishga joylashgan. Ta'kidlanishicha, Suriya hukumati Asma Asadning bu kabi aloqalaridan xabardor boʻlgan boʻlishi mumkin. Shu bois oʻsha vaqtdagi davlat rahbari Hofiz Asad oʻgʻlining Asmaga uylanishiga qarshilik bildirgan. Ammo telekanalning qayd etishicha, ushbu hujjatlarning haqiqiy ekanini hozircha isbotlashning imkoni yoʻq.
Dekabr oxirlarida The Times Asma Asad Buyuk Britaniyaga qayta olmasligini, chunki uning pasporti muddati oʻtib ketgani toʻgʻrisida xabar bergandi. Gazetaning Britaniya TIVdagi manbalari Asad xonimda Birlashgan qirollikning amaldagi pasporti yoʻqligini tasdiqlagan.
Turkiyaning Haberturk nashri 23 dekabr kuni Asma Asad ajrashish uchun ariza berganini yozdi. Jurnalistlarning ma'lumotlariga koʻra, unga Moskvadagi yashash tarzi yoqmayapti va u Londonga ketmoqchi, shu bois Rossiyadan chiqish uchun «maxsus ruxsat» soʻragan, chunki Asadning oʻziga mamlakatni tark etish taqiqlangan. Kreml esa ushbu ma'lumot haqiqatga toʻgʻri kelmasligini bildirdi.
The Telegraph’ning yozishicha, Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning rafiqasini leykozdan davolash bilan shugʻullanayotgan shifokorlar uni boshqa odamlardan izolyatsiya qilib qoʻygan. Tibbiyot xodimlari Asma Asadning omon qolish imkoniyatini «50/50» deya baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Britaniyaliklar Afgʻonistonda jangga layoqatli erkaklarni qasddan oʻldirgani aniqlandi
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub keldi
Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi