08:46 / 13.01.2025
21

AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)

AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Foto: Getty Images
36 yoshli rossiyalik aralash jang san'atlari jangchisi, UFC'ning yengil vazn boʻyicha sobiq chempioni Habib Nurmagomedov American Airlines aviakompaniyasi reysidan tushirib yuborildi.

Hodisa guvohlari tomonidan qayd etilgan ma'lumotlarga koʻra, Habib samolyotda favqulodda chiqish joyi yonida oʻtirgan. Styuardessa protokolga muvofiq undan favqulodda vaziyatda yoʻlovchilarga yordam bera olishini soʻragan. Ammo Habib styuardessaning gapini tushunmay, qisqa tortishuv yuzaga kelgan va undan boshqa joyga oʻtirishni soʻragan. Bu holat sobiq chempionning noroziligiga sabab boʻlgan.

Styuardessa: “Favqulodda chiqish joyi yonida oʻtirishingiz mumkin emas, aks holda samolyotni tark etishingizga toʻgʻri keladi”, deganida, Habib: “Bu adolatsizlik”, deb javob bergan. U roʻyxatdan oʻtish jarayonida ekipaj talablari boʻyicha barcha qoidalarga rioya qilganini qoʻshimcha qilgan. “Roʻyxatdan oʻtayotganimda ingliz tilini bilasizmi, deb soʻrashdi, men esa 'ha' deb javob berdim. Endi nega bunday qilyapsizlar?” deya norozilik bildirgan.

Shundan soʻng, Habib ekipaj bilan bahslashib, doʻstlari bilan samolyotni tark etgan. Habib ushbu holat boʻyicha tushuntirish berdi.

Menga savollar bilan murojaat qilgan ayol boshidanoq juda qoʻpol muomala qildi. Men ingliz tilida yaxshi gapira olishim va hamma narsani tushunishimga qaramay, u meni oʻrnimdan turib ketishim kerakligini aytdi. U buni qaysi asosga koʻra qildi – irqiy, milliy yoki boshqa sababmi – aniq ayta olmayman.

Qisqa suhbatdan soʻng, u qoʻriqchilarni chaqirdi va meni samolyotdan tushirishdi. 1,5 soatdan keyin boshqa samolyotga oʻtirib, kerakli manzilga uchib ketdim. Oʻsha vaziyatda xotirjam boʻlish va provokatsiyaga berilmaslik uchun qoʻlimdan kelganini qildim. Oʻylaymanki, odamlar samimiyroq boʻlishlari kerak
”, deb yozgan Nurmagomedov oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Taxminlarga koʻra, Habib UFC 311 turniri uchun Los-Anjelesga uchayotgan boʻlgan. Ushbu turnir kelasi dam olish kunlari, 19 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Uning asosiy jangida yengil vazn chempioni Islom Maxachev Arman Sarukyan bilan revansh jangi oʻtkazadi. Yana bir muhim bahsda Habibning ukasi Umar Nurmagomedov eng yengil vazn chempioni Merab Dvalishvili bilan toʻqnashadi. Islom va Umar turnirga tayyorgarlik jarayonida Habib bilan birga boʻlgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo