Foto: AFP
Germaniyada tadqiqotchilar koʻkrak bezi saratonini skrining qilishda sun'iy idrokdan foydalanish kasallikni aniqroq tashxislash imkoniyatini berishini aniqladi. Bu haqda The Guardian xabariga tayanib Kun.uz ma'lum qildi.
“Koʻkrak bezi saratoni skriningida ishtirok etuvchi ayollarga zarar etkazmasdan, kasallikni aniqlash foizini oshirishimiz mumkin”, — deydi Germaniyaning Lyubek universitetidan tadqiqot hammuallifi, professor Aleksandr Katalinich.
Tadqiqotchi bunday yondashuv “radiologlar uchun ish yuklamasini kamaytirishi” mumkinligini ta'kidladi.
Xabarga koʻra, nemis shifokorlari ilk bor umummilliy skrining dasturi doirasida sun'iy idrokni sinab koʻrgan, natijada yangi usulning bir qator afzalliklari aniqlangan.
Katalinich va boshqa tadqiqotchilar Germaniyaning milliy dasturi doirasida 2021 yil iyuldan 2023 yil fevralgacha boʻlgan davrda sut bezi saratoni skriningidan oʻtgan 461 818 nafar ayolning ma'lumotlarini tahlil qildi. Ushbu dastur kasallik alomatlariga ega boʻlmagan 50-69 yoshdagi ayollarga moʻljallangandi.
Barcha ayollar ikkita rentgenolog tomonidan alohida tekshiruvdan oʻtkazildi va 260 739 nafar bemorning sogʻligʻini tekshirishda neyron tarmoqlardan foydalanildi.
Tadqiqotda qatnashgan 2881 nafar ayolda saraton kasalligi aniqlandi. Sun'iy idrok (SI) qoʻllanilgan guruhda kasallikni aniqlash foizi 6,7 foizga yuqori boʻldi. Biroq ayollarning yoshi va radiologlar malakasi kabi omillar hisobga olingandan soʻng, tadqiqotchilar bu farq yanada sezilarli ekanligini aniqladi — SI qoʻllangan guruhda koʻrsatkich 17,6 foizga yuqori boʻldi. Boshqacha qilib aytganda, neyron tarmoqlardan foydalanib skriningdan oʻtkazilgan har 1000 nafar ayolda qoʻshimcha bitta saraton holati aniqlandi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, skanerlashdan keyingi noaniqlik natijasida ayollarni navbatdagi tekshiruvga qayta yoʻnaltirish chastotasi taxminan bir xil boʻlgani ham alohida ahamiyatga ega.
Olimlarning ta'kidlashicha, agar shifokorlar sun'iy idrok e'tiborini jalb qilgan tasvirlarni oʻrganmaganida, 20 ta sut bezi saratoni tashxisi e'tibordan chetda qolgan boʻlardi.
Londondagi Qirolicha Mariya universitetining saraton skriningi boʻyicha faxriy professori Stiven Daffi nemis tadqiqotining natijalarini hayratlanarli va ishonchli deb atadi hamda Buyuk britaniyada sun'iy idrokning bu sohadagi oʻrniga qiziqish katta ekanini ta'kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin