14:58 / 14.01.2025
95

Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin

Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Foto: X
Xitoy rasmiylari TikTok AQShda taqiqlangan taqdirda ilovani milliarder Ilon Maskka sotish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Bunday kelishuv X’ga (sobiq Twitter) reklama beruvchilarni jalb qilish imkonini beradi. TikTok ulkan hajmdagi ma'lumotlarni ishlab chiqargani sababli sun'iy intellektni rivojlantirish boʻyicha xAI startapi uchun foydali boʻladi. Platformadan AQShda foydalanuvchilar soni 170 milliondan oshadi. Potentsial savdo Xitoy uchun ham “ma'lum jozibadorlikka ega”.

Xitoy rasmiylari bunday stsenariyni AQSh Oliy sudi mamlakatda TikTok’ni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllab-quvvatlashi mumkinligidan soʻng boshladi. Pekin uchun platforma bundan keyin ham ByteDance bosh kompaniyasiga tegishli boʻlib qolishi afzalroq variant boʻladi.

Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan. Ilon Mask va ByteDance ehtimoliy bitim shartlarini muhokama qilgani noma'lum.

19 yanvar kuni, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasidan atigi bir kun oldin, Xitoyning ByteDance kompaniyasi TikTok’ni sotishi kerak boʻlgan oxirgi muddat boʻladi. Agar bu amalga oshmasa, ijtimoiy tarmoq AQSh hududida bloklanadi.

Tegishli qonun 2024 yil 24 aprelda AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan. Amerika rasmiylari platformada foydalanuvchilar ma'lumotlarini toʻplash milliy xavfsizlikka tahdid solayotganini aytgan.

TikTok kompaniyasi amerikalik foydalanuvchilar ma'lumotlarini tarqatganini rad etadi va qonun chiqaruvchilarni spekulyatsiya va soʻz erkinligini buzishda ayblaydi. Xitoy rasmiylari TikTok’ni bloklash ehtimoli borligi uchun AQShni bir necha bor tanqid qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo