Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston prezidenti 14 yanvar kuni “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitining ochilish marosimida hamda barqaror rivojlanish sohasida Shayx Zoid nomidagi mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirda Amirliklar prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim, Nigeriya prezidenti Bola Tinubu, Ruanda prezidenti Pol Kagame, Seyshel orollari prezidenti Uovel Ramkalavan, Uganda prezidenti Yoveri Museveni hamda boshqa xorijiy davlat va hukumatlar rahbarlari ham qatnashdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy martabali mehmonlarni BAA rahbari kutib olgach, birgalikda suratga tushildi.
Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi — 2008 yilda BAA hukumati va Masdar kompaniyasi tomonidan barqaror rivojlanish sohasidagi global muammolarni hal etish uchun tashkil etilgan xalqaro platforma. Forumning maqsadi jahonda barqaror taraqqiyotni jadallashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishga koʻmaklashish, oziq-ovqat va suv xavfsizligini ta'minlash, energiya tejamkorligi va karbonsizlantirishni ilgari surishdan iborat.
Bu galgi sammit kun tartibiga “yashil” iqtisodiyot sohasida barqaror taraqqiyotni ta'minlash, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari kiritilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Forum doirasida Amirliklar asoschisi — marhum Shayx Zoid Ol Nahayon nomi bilan ataluvchi barqaror rivojlanish sohasidagi yutuqlar uchun mukofot bilan taqdirlash marosimi ham oʻtkaziladi. Bu galgi mukofotning “Global oʻrta maktablar” nominatsiyasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi gʻolib deb topildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Shavkat Mirziyoyev maktab vakillari bilan uchrashib, ularni gʻalaba bilan tabrikladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”