06:00 / 15.01.2025
107

Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin

Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Foto: LRT
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga “Harbiy holatni uzaytirish toʻgʻrisida”gi va “Umumiy safarbarlik muddatini uzaytirish toʻgʻrisida”gi farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqida Ukraina OAVga tayanib Daryo xabar berdi.

Hujjatda Ukrainadagi harbiy holatning “2025 yil 8 fevral soat 05:30 dan boshlab 90 kunga uzaytirilishi” haqida soʻz boradi.

Shuningdek, umumiy safarbarlikni ham 8 fevraldan boshlab 90 kunga uzaytirish taklif qilinmoqda. OAV xabarlariga koʻra, hujjatlar 14 yanvar seshanba kuni parlamentda roʻyxatga olingan.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilgani xabar berilgandi.

Prezidentlik saylovida uning asosiy raqibi Buyuk Britaniyada elchi boʻlib ishlayotgan Ukraina armiyasi sobiq bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy boʻlishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, prezident idorasi rahbari Andrey Ermak Zalujniyga agar u saylovda oʻz nomzodini koʻrsatmasa, Zelenskiy tomonida ishtirok etsa, “Xalq xizmatchisi” partiyasi roʻyxatida birinchi oʻrinni va Oliy Rada spikeri oʻrnini olishi mumkinligini aytgan.

Zelenskiyning oʻzi esa Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlari urush tugagan yili boʻlib oʻtishini aytgan.

Siyosatchiga koʻra, harbiy holat tugaganidan soʻng parlamentda saylov oʻtkazish uchun ovoz berish va 90 kundan keyin uni tashkil etish mumkin boʻladi. Zelenskiy saylovlarni urush paytida ham oʻtkazish mumkinligini aytdi. Ammo buning uchun qonunchilik va ovoz berish tizimini oʻzgartirish zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo