08:33 / 15.01.2025
383

General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi

General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
Foto: Reuters
Rossiya qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi, general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisiga suiqasd boʻyicha ochilgan jinoiy ishda ikki yangi ayblanuvchi paydo boʻldi. Bu haqda «Kommersant»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Ukraina maxsus xizmatlari (SBU) buyrugʻi bilan harbiy qoʻmondonni portlatgan Oʻzbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonovning sheriklari Shimoliy Kavkazdagi taqiqlangan tashkilot a'zolari boʻlishi mumkin. Ular ijrochini Moskva viloyatida uy-joy bilan ta'minlagan. Kvartirani esa oʻz hujjatlaridan foydalangan holda ijaraga olishgan.

Poytaxtda kichik biznes bilan shugʻullangan ingushetiyalik ikki shaxs Sibirda qoʻlga olindi. Ular hozircha terrorchilikda ayblanmagan; ikkalasi ham politsiya xodimlariga boʻysunmagani va mayda bezorilik uchun oʻn besh sutkaga ma'muriy qamoqqa olingan. Bir necha kundan keyin qamoq muddati tugaydi va aybdor deb taxmin qilinayotgan shaxslar Moskvaga joʻnatiladi. U erda ularni Rossiya Tergov qoʻmitasi qotillik, portlovchi qurilma ishlab chiqarish va terrorchilik harakati boʻyicha ochilgan jinoiy ish boʻyicha tergov qiladi.

Shov-shuvli jinoyat 17 dekabr kuni sodir etilgan edi. Ta'kidlanishicha, Oʻzbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonov SBU koʻrsatmasi boʻyicha harakat qilib, general Kirillov yashayotgan uyning kirish qismida bomba oʻrnatilgan elektr skuterni qoldirib ketgan. Harbiy qoʻmondon va unga hamroh boʻlgan yordamchisi mayor Ilya Polikarpov skuter yonidan oʻtganida, ijaraga olingan mashina ichidan ularni kuzatib turgan Qurbonov tugmani bosib, portlovchi moslamani ishga tushirgan. Har ikki ofitser hodisa joyida halok boʻlgan. Qurbonov mashinani tashlab, gʻoyib boʻlgan.

Bir kun oʻtmay u Moskva viloyatining Elektrougli shahridagi ijaraga olingan xonadonda ushlandi. Ayblanuvchining aytishicha, u SBU tomonidan yollangan va 100 ming dollar va Evropa Ittifoqi davlatlaridan birida yashash uchun ruxsatnoma olishni kutgan holda generalni portlatib yuborgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo