Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi

1 daqiqa o'qish807
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
“Gruziya orzusi” hukmron partiyasidan hukumatning sobiq rahbari Georgiy Gaxariya Batumidagi Sheraton mehmonxonasida doʻpposlandi. Bu haqda Rustavi 2 telekanali xabar berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, unga oʻsha mehmonxonada boʻlgan hukmron partiya faollari hujum qilgan. Siyosatchi kasalxonaga olib ketilgan, unga burun sinishi tashxisi qoʻyilgan. Gaxariya allaqachon klinikani tark etgan va “Gruziya orzusi” asoschisi, milliarder Bidzina Ivanishvilini hujumni uyushtirganlikda ayblagan.

Partiya a'zolari hujumni zudlik bilan tergov qilishni talab qilgan. Bu bilan Gruziya Ichki ishlar vazirligi shugʻullanmoqda. Idora Gruziya Jinoyat kodeksining 126-moddasi (zoʻravonlik) boʻyicha tergov ishlarini boshlagan. Ushbu modda boʻyicha eng ogʻir jazo — 6 yil ozodlikdan mahrum etishdir.

Georgiy Gaxariya 2019-2021 yillarda bosh vazir lavozimida ishlagan. Bungacha ichki ishlar vaziri (2017-2019 yillar), Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri (2016-2017 yillar) boʻlgan. Keyinchalik u muxolifatga oʻtib, oktyabrdagi parlament saylovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan “Gruziya uchun” partiyasini tashkil etgan.

“Gruziya uchun” partiyasi a'zosi Natia Mezvrishvilining soʻzlariga koʻra, jinoyat sodir boʻlgan joyning perimetri ataylab toʻsib qoʻyilmagani va politsiya u yerga kech yetib kelgani haqida dalillar mavjud.

“Dalillarni yoʻq qilish allaqachon aniqlangan. Shu sababli ular buni ham tekshirishi kerak”, degan u.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?