Gruziyada 13 yoshli Ozarbayjon fuqarosi egizak farzandli bo‘ldi

Gruziyada 13 yoshli Ozarbayjon fuqarosi egizak farzandli bo‘ldi

Gruziyaning Marneuli shahrida 13 yoshli Ozarbayjon fuqarosi egizak farzandli bo‘ldi. Chaqaloqlardan biri vafot etgan, ikkinchisining ahvoli og‘ir ekani xabar qilindi. Hodisa yuzasidan Gruziya Ichki ishlar vazirligi tergov boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea haqida dastlab huquq himoyachisi Samira Bayramova xabar bergan. Uning aytishicha, 13 yoshli qiz Ozarbayjon fuqarosi, u bilan nikohlangan erkak esa Gruziya fuqarosi bo‘lgan. Bu ma’lumotlar hozircha huquq himoyachisining bayonotlariga asoslangan.

Chaqaloqlar tug‘ilgan tibbiyot muassasasi voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Gruziya Ichki ishlar vazirligi ham holat bo‘yicha jinoiy ish doirasida tergov boshlanganini tasdiqlagan.

Tergov Gruziya Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismi asosida olib borilmoqda. Mazkur norma 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.

Hozircha tergov doirasida gumonlanuvchining shaxsi va unga nisbatan qanday protsessual chora ko‘rilgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar