date
views 296

Istanbulda qoʻlbola alkogoldan vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi

Istanbulda qoʻlbola alkogoldan vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi
Foto: AP Photo
Istanbulda qoʻlbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi. Bu haqda Bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 16 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste'moli oqibatida yana 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi. 14 yanvar kuni 6 nafar, 15 yanvar kuni esa 4 nafar oʻzbekistonlik zaharlanish oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 17 yanvar holatiga koʻra, zaharlanish oqibatida vafot etgan oʻzbekiston fuqarolarining umumiy soni 14 nafarni tashkil qilmoqda.

Olingan ma'lumotlarga koʻra, 17 yanvar holatida qalbaki spirtli ichimlik iste'moli tashxisi bilan Turkiya boʻylab kasallanganlar soni 88 nafarni tashkil etib, shundan 37 nafari vafot etgan. Ushbu qurbonlar orasida mahalliy aholi vakillari va boshqa millat vakillari ham mavjud.

Istanbul hokimligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga koʻra, mahalliy huquq-tartibot idoralari 2025 yil 16 yanvar kuni Istanbul shahrida 32 862 litr noqonuniy metil va etil spirtli ichimliklarni musodara qilgan. Tadbirlar Sultangazi, Fatih, Bakırkoʻy, Kuchkekmece, Chatalca, Esenyurt, Zeytinburnu va Beykoz tumanlarida oʻtkazilib, 9 nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingan. Tekshiruvlar chogʻida 227 shisha soxta ichimlik va distillash uskunasi ham topilgan. Qoʻlga olinganlardan 3 nafari politsiyadagi soʻroqlardan soʻng qoʻyib yuborilgan boʻlsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda.

Bosh konsulxona diplomatlari Istanbul shahridagi shifoxonalarning jonlantirish boʻlimlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar oldi. Ularning 3 nafarining ahvoli ogʻir.

Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda qoʻlbola alkogoldan vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi