date
views 1 281

Turkiyada it kasal bolasini veterinar klinikasiga olib keldi (video)

Turkiyada it kasal bolasini veterinar klinikasiga olib keldi (video)
Istanbulda daydi it jon berayotgan bolasini Beylikduzyu tumanida joylashgan veterinariya klinikasi eshigiga olib keldi. Bu haqda Turknws xabar berdi.

Foto: Videodan kadr
Ularni navbatchi sanitar payqagan va kuchukchani davolashga kirishgan. Ahvoli ogʻir va yurak urishi sekinlashgan it bolasi intensiv terapiya boʻlimiga yotqizilgan. Onasi esa butun davolanish davomida bolasidan nari ketmagan.

Klinika egasi, veterinar Batualp Oganga koʻra, ona it bir muncha vaqt oldin tuqqan, ammo deyarli barcha bolalari nobud boʻlgan.

Biz ularning barchasi halok boʻlgan deb oʻylagandik. Ma'lum boʻlishicha, uning yana bir tirik akasi bor ekan (uni koʻngillilar olib kelgan). Ona it soʻnggi kuchukchasini olib kelib, eshik oldiga qoʻygan. Shifokorimiz buni payqagach, kuchukchani ichkariga olib kirgan.

Kuchukchaning yuragi urayotganini sezdik. Uni intensiv terapiya boʻlimiga joylashtirdik. Ayni paytda u akasi bilan birga davolanishni davom ettirmoqda. Xudoga shukur, ahvoli yaxshi. U ham onasi bilan birga
”, dedi u.

Itning klinikaga kelgani aks etgan video kuzatuv kameralariga muhrlangan:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada it kasal bolasini veterinar klinikasiga olib keldi (video)