21:48 / 20.01.2025
103

Bayden Tramp «qasos olish» bilan tahdid qilgan shaxslarni oldindan afv etdi

Bayden Tramp «qasos olish» bilan tahdid qilgan shaxslarni oldindan afv etdi
Foto: AP
Jo Bayden 20 yanvar kuni AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasining sobiq rahbari Mark Milli, mamlakatning sobiq bosh infektsionisti Entoni Fauchi, 2020 yil yanvarda Kapitoliyga uyushtirilgan hujumni tergov qilgan Vakillar palatasi qoʻmitasi a'zolari va xodimlarini afv etdi.

Qayd etilishicha, bu bilan Bayden AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp administratsiyasi tomonidan ushbu shaxslarning «siyosiy sabablarga koʻra ta'qib qilinishi»ga qarshi turmoqchi.

«Odamlar hatto hech qanday yomon ish qilmagan va aslida toʻgʻri yoʻl tutgan boʻlsa-da, oxir-oqibat oqlanayotganiga qaramay, tergov yoki sud ta'qibi faktining oʻzi ularning obroʻsi va moliyaviy ahvoliga mislsiz zarar etkazishi mumkin», — degan Bayden.

Jo Bayden hali tergov boshlanmagan shaxslarni afv etishni rejalashtirgani haqida Associated Prses manbalari xabar bergandi. Agentlikning yozishicha, Donald Trampga qarshi chiqqanlarga jinoiy ish ochish bilan tahdid qilgan boʻlajak administratsiyadan «qoʻrquvga tushgan ayrim sobiq amaldorlar Oq uyga murojaat qilgan».

Xususan, COVID-19 pandemiyasi vaqtida mamlakatdagi vaziyatni muvofiqlashtirishga yordam bergan Entoni Fauchi Donald Trampning sogʻliqni saqlash sohasidagi zarur chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi bayonotini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgani uchun qamalgan qariyb 2,5 ming kishini afv etgandi. Dekabr oxirlarida esa AQSh prezidenti federal sudlar tomonidan oʻlimga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo