Bugun, 21 yanvar kuni Er aholisi noyob astronomik hodisa — sayyoralar paradini kuzatishlari mumkin. Bu haqda ScienceAlert portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 yanvar kuni Quyosh tizimidagi oltita sayyora bir vaqtning oʻzida tungi osmonda paydo boʻladi. Quyosh botganidan keyin Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptunning bitta chiziq boʻylab saf tortganini kuzatish mumkin.
Boku davlat universiteti mutaxassislarining ta'kidlashicha, ushbu sayyoralarning toʻrttasi — Venera, Mars, Yupiter va Saturnni oddiy koʻz bilan kuzatsa boʻladi. Uran va Neptunni tomosha qilish uchun esa teleskop talab etiladi.
Sayyoralarning keyingi shu kabi paradi 2025 yil 28 fevralda boʻlib oʻtadi — unda oltita sayyora safiga Merkuriy ham qoʻshiladi.
Sayyoralarning saf tortishi — astronomik atama boʻlib, bunda ikki va undan ortiq sayyora Quyoshning bir tomonida toʻgʻri chiziqda yoki bir-biriga yaqin 20-30 gradusli burchakda joylashadi. Sayyoralar paradi esa ushbu hodisaga beriladigan norasmiy ta'rif. Xususan, NASA oʻz nashrlarida «sayyoralar paradi» atamasini qoʻllaydi, shuning uchun bu nom ommaviy axborot vositalarida ham keng tarqalgan.
Astronomlarning ta'kidlashicha, sayyoralar illyustratsiyalarda namoyish etilganidek ideal holatda saf tortmaydi. Ammo ularni xayoliy zanjir bilan bogʻlash mumkin, chunki ular ekliptika boʻylab — Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar aylanadigan yuza boʻylab joylashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar