Kollaj: Telegram
AQSh prezidenti Donald Trampning Panama kanali ustidan nazoratni qaytarish tahdidi fonida Panama BMTga shikoyat yoʻlladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Tramp 20 yanvar kuni inauguratsiyadan soʻng Panama kanalini qaytarishini ma'lum qilgandi.
“Juda katta masala — Panama kanali. Bu kanalni Xitoy nazorat qilmoqda. Bu umuman toʻgʻrimi? Bu yomon holat. Jimmi Karter uni berganida, bu dahshatli xato edi, ammo u Xitoyga emas, Panamaga bergan edi. Endi esa Xitoy Panama kanalini nazorat qilmoqda. Biz bunday davom etishiga yoʻl qoʻymaymiz”, degan edi Tramp.
Panamaning BMTdagi elchisi Ela Alvaro de Alba ta'kidlashicha, BMTning ta'sis nizomiga muvofiq, mamlakatlar “oʻz xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish yoki tahdid qilishdan tiyilishadi”.
Xat BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish nomiga yoʻllangan va Xavfsizlik kengashining 15 a'zosiga tarqatilgan. Panama 2025-2026 yillarda Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan a'zosi hisoblanadi.
Panama prezidenti munosabati
Prezidenti Xose Raul Mulino kanal ustidan suverenitet va egalik huquqi Panamada qolishini ta'kidlagan.
“Panama xalqi nomidan men AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiya nutqidagi Panama kanali haqidagi soʻzlarini butunlay rad etishim kerak. Takror aytaman: kanal Panama va uning ma'muriyati nazorati ostida boʻlib qoladi.
Dunyoning hech bir mamlakati rahbariyati bizning ishga aralashmaydi. Kanal hech kimga qarashli emas edi. Kurash 1999 yilda tugadi va keyingi 25 yil davomida biz kanalga toʻxtovsiz rahbarlik qilib, uni savdo va butun dunyo, shu jumladan, AQSh manfaati yoʻlida rivojlantirib keldik”, degan u.
Siyosatchi muloqot uchun har doim joy borligi, ammo Panama kanali suvereniteti va mulki Panamada qolishini qayd etgandi.
AQSh 1914 yilda uzunligi 82 kilometr boʻlgan kanal qurilishini yakunladi, ammo 1999 yilda sobiq prezident Jimmi Karter tomonidan imzolangan shartnomaga koʻra uni Panamaga qaytarib berdi. Bu qadamni Tramp “ahmoqona” deb atamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar