Foto: CNN
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning janubiy chegarasi orqali noqonuniy migrantlarning kirishini taqiqlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Chegaraga qoʻshimcha 1,5 ming askar va vertolyotlar yuboriladi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
Tramp janubiy chegara orqali kirib kelgan muhojirlarning boshpana izlash bahonasi bilan u erda qolish huquqini chekladi. U Ichki xavfsizlik vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat departamentiga AQShga janubdan noqonuniy kirayotganlarni chiqarib yuborish choralarini koʻrishni topshirdi.
“Mudofaa vazirligi janubi-gʻarbiy chegarani kuchaytiradi, u erga qoʻshimcha ravishda 1,5 ming harbiy xizmatchi, shuningdek, aniqlash va monitoring tadbirlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ekipajlar va razvedka tahlilchilari boʻlgan vertolyotlar joylashtiriladi”, deyiladi Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Robert Seyless.
U shu tariqa chegarada quruqlikdagi kuchlarning mavjudligi Tramp lavozimga kirishganidan beri 60 foizga oshirilishini aytdi.
Pentagon, shuningdek, 5 mingdan ortiq noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish uchun aviatsiya taqdim etadi, ularning oqimi va noqonuniy savdosini toʻxtatish uchun vaqtinchalik va doimiy toʻsiqlarni qurishda yordam koʻrsatadi.
- The Washington Post gazetasi oʻz ixtiyoridagi hujjatga tayanib, Tramp Meksika bilan chegaraga qoʻshimcha 10 ming harbiy xizmatchini yuborish niyatida ekanini yozdi.
- CNN manbalarga tayanib, AQSh-Meksika chegarasida milliy gvardiyaning 4,5 ming jangchisi ham joylashtirilganini ma'lum qildi.
- Tramp 21 yanvar kuni AQSh janubiy chegarasida favqulodda holat e'lon qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi. U chegaradagi barcha noqonuniy oʻtish joylari yopilishini aytgan.