Foto: AP
AQSh Kongressi turli jinoyatlar, jumladan, talonchilik va oʻgʻirlikda ishtirok etgan noqonuniy migrantlarni hibsga olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma'qulladi, deb xabar berdi Anadolu.
Noqonuniy migrant tomonidan oʻldirilgan amerikalik talaba Rayli nomi bilan atalgan «Rayli Leyken qonuni» deb nomlanuvchi hujjat Senatda qabul qilindi.
Qonun loyihasi Vakillar palatasi tomonidan ma'qullanganidan soʻng Oq uyga yuborildi. Bu Kongress tomonidan AQSh prezidenti Donald Trampga imzolash uchun yuborilgan birinchi qonun loyihasidir.
Avvalroq Tramp saylovoldi tashviqoti vaqtida chegara xavfsizligi oʻzi uchun eng muhim masala boʻlishini aytgan edi.
Qonun loyihasi turli jinoyatlarga aloqador noqonuniy migrantlarni sud qarorisiz hibsga olish imkonini beradi.
Meksika chegarasida noqonuniy migrantlar oqimiga qarshi kurashni va'da qilgan Tramp imkon qadar tezroq qonunni imzolashi kutilmoqda.
Meksika bilan chegara xavfsizligini ta'minlash maqsadida Tramp u erga 1500 kishigacha boʻlgan qoʻshimcha harbiy kontingentni yuborish toʻgʻrisidagi yangi buyruqni imzolagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar