21:38 / 24.01.2025
695

Boylarni yadroviy urushdan himoyalovchi bunker quriladi (foto)

Boylarni yadroviy urushdan himoyalovchi bunker quriladi (foto)
Vashington yaqinida (Virjiniya shtati, AQSh) yadro urushi yuz bergan taqdirda dunyoning 625 nafar eng boy odamini himoya qilish uchun Aerie (“Burgut uyasi”) nomli erosti bunkeri qurilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda The Daily Mail.

Foto: SAFE
Bunkerning qiymati 300 million dollarni tashkil etadi. Nashr ma'lumotlariga koʻra, bunker suzish havzalari, bouling, qoyaga chiqish devori, shuningdek, sun'iy intellektga asoslangan sogʻliqni saqlash tizimlarini oʻz ichiga oladi.

Foto: SAFE

Foto: SAFE
Mehmonlar xotira effektiga ega matraslar, marmar pollar va eng sara taomlarga ega restoranlardan zavq olishlari mumkin, deyiladi xabarda.
Bunker devorlarini portlashga chidamli qilish, ichkarisida esa qurolli soqchilar va zamonaviy harakat sensorlarini joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Bu esa “har qanday tashqi tahdidlarga qarshi turish va aholining xavfsizligini ta'minlash” imkonini beradi, deb ta'kidlaydi gazeta.

Foto: SAFE
Dunyoning eng boy odamlari uchun “qiyomat kuni bunkeri” qurish rejalarini SAFE (Strategically Armored & Fortified Environments) kompaniyasi e'lon qildi. Loyiha 2026 yilda ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Foto: SAFE

Foto: SAFE
Gazetaning ta'kidlashicha, bunday loyihalarga, jumladan, realiti-shou yulduzi Kim Kardashyan va media magnati Mark Tsukerberg qiziqish bildirmoqda.

Bu nafaqat omon qolish, balki zamonaviy tarzda gullab-yashnash masalasidir, dedi SAFE vakili.
Kompaniya ushbu kontseptsiyani AQShning boshqa shtatlariga ham yoyishni rejalashtirmoqda.

Foto: SAFE

Foto: SAFE
Mijozlarga Aerie’da toʻrtta imtiyoz toifasi taklif etiladi. Nashrning ta'kidlashicha, hatto “boshlangʻich daraja” ham muvaffaqiyatli rahbarlarga moʻljallangan, “boshpana a'zoligi” esa faqat taklifnoma asosidagina mumkin boʻladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo