10:41 / 27.01.2025
383

Aleksandr Lukashenko ettinchi marta prezident saylovida gʻalaba qozondi

Aleksandr Lukashenko ettinchi marta prezident saylovida gʻalaba qozondi
Foto: Sputnik
Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko ettinchi prezidentlik muddatiga qayta saylandi. Unga saylovchilarning 86,82 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi dastlabki ma'lumotlarni e'lon qildi.

Saylovchilarning 3,6 foizi barcha nomzodlarga qarshi ovoz bergan. Saylovdagi davomad 85,7 foizni tashkil etgan. Liberal-demokratik partiya etakchisi Oleg Gaydukevich 2,02 foiz ovoz olgan. Tadbirkor Anna Kanopaskaya 1,86 foizni qoʻlga kiritgan. Kommunistik partiya Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi Sergey Sirankov 3,21 foiz, Mehnat va adolat partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak esa 1,74 foiz ovoz toʻplagan.

Belarusda prezidentlik saylovi 26 yanvar kuni boʻlib oʻtdi. Ovoz berishdan keyin boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Lukashenko hokimiyatni topshirish uchun oʻziga voris qidirmayotganini aytdi. U respublikaning kelajakdagi rahbariyati allaqachon mavjud kadrlar zaxirasidan shakllantirilganini ta'kidladi.

Belarusdagi saylovlar gʻarblik kuzatuvchilar ishtirokisiz, shuningdek, xorijda saylov uchastkalari ochilmagan holda boʻlib oʻtdi. Evropa ittifoqi Belarusda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarini erkin va demokratik deb hisoblamasliklarini, shuning uchun Minskka qarshi sanktsiyalar joriy etishni davom ettirish niyatini bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo