07:24 / 30.01.2025
584

Ahmad ash-Shar'a Suriyaning yangi prezidenti deb e'lon qilindi

Ahmad ash-Shar'a Suriyaning yangi prezidenti deb e'lon qilindi
Foto: Reuters
Suriya administratsiyasi rahbari Ahmad ash-Shar'a mamlakatning oʻtish davridagi prezidenti sifatida e'lon qilindi, deb xabar beradi SANA agentligi.

Yangi hukumat, shuningdek, oldingi konstitutsiya bekor qilinishi va parlament tarqatib yuborilishini e'lon qildi. Barcha xavfsizlik xizmatlari va qurolli tuzilmalar tarqatiladi — ularning oʻrniga fuqarolar xavfsizligini ta'minlaydigan yangi tuzilma paydo boʻladi.

«Hozir Suriya uchun hokimiyatdagi boʻshliqni toʻldirish, fuqarolar tinchligini saqlash, davlat institutlarini qurish, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zamin yaratish, Suriyani xalqaro va mintaqaviy maqomiga ustuvor vazifalardan hisoblanadi», — deydi Ahmad ash-Shar'a.

Tayinlangan prezidentning vakolatlari Suriyada yangi konstitutsiya qabul qilingunga qadar amalda boʻladi. 2012 yilgi konstitutsiya bekor qilinadi. Mamlakat hukumati, shuningdek, sobiq prezident Bashar Asad tomonidan qabul qilingan qator qonunlarni ham bekor qiladi. Endi 8 dekabr Suriyada «Buyuk Suriya inqilobi» gʻalabasi kuni sifatida nishonlanadi.

Bundan tashqari, Suriyada 61 yil hukmronlik qilgan «Baas» partiyasi tarqatib yuboriladi. Partiyaning boshqa nom ostida qayta faoliyat yuritishi taqiqlanadi.

Suriyada 2024 yil 8 dekabr kuni hokimiyat almashdi. Sobiq prezident Bashar Asad mamlakatni tark etib, Rossiyadan siyosiy boshpana oldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo